Hikoyalar karvoni. Sardor Kurbanov

Hikoyalar karvoni - Sardor Kurbanov


Скачать книгу
ortidan tushdi. Stiv bilmas edi, musulmon xalqlarida muslima qizning oldiga shunchaki borib gapirib bo’lmasligini. Shu bois u qizning orqasidan yetib olib, yo’liga chiqdi va inglizchada nimadirlarni gapirishni boshladi. Qiz esa birinchi cho’chib tushdi, undan so’ng bir bor Stivga nazar soldi va yerga qarab uni aylanib o’tib ketishga harakat qildi. Stiv esa iloji boricha o’z fikrini tushuntirishga harakat qilardi. U bir yil ichida o’rgangan bilimlarini, o’rgangan so’zlarini esga solishga harakat qilib, aksent bilan ruschada gapirishga kirishdi. Chala rus chiqayotgan gaplaridan qiz tushunib yetdiki, yigit sevgi izhor qilyapdi va qizning yoqtirgan odami bormi yoki yo’qmi so’rayapdi. Qiz esa hech nima eshitmagandaka aylanib o’tib ketdi.

      Stiv noilojlikdan nima qilishni bilmadi va qizning orqasidan kuzatdi. Qiz uyiga keldi va bola ham qizning ortidan uyning eshigini taqillatdi. Eshikni bir yoshi kattaroq ayol ochdi. Stiv jilmaygan holda o’zini tanishtirdi, ayol ichkariga kirib ketdi va birozdan so’ng boshqa bir yoshi kattaroq erkak kishi chiqib keldi. Stiv yana jilmayib o’zini tanishtirdi. Mezbon mehmonni uyga taklif qildi va tarjimon uchun qo’shning ingliz tili biladigan o’g’lini chaqirtirvordi.

      Stiv to’g’ridan to’g’ri maqsadga o’tdi, qizning otasi bo’lib chiqqan erkak kishiga qizni ko’rib qolganini va yaxshi ko’rib qolganini, uylanmoqchi bo’lganini aytdi. Kutilmagan bunaqa voqealardan qizning otasi hotirjamlik saqladi va savol berishni boshladi.

      – Dining nima?

      – O’zi ota-onam nasroniy, lekin man yillar o’tib ko’p hudolik tushunchalarini anglab olganman – qizning otasi jim turdi va gapirdi. Qizini chaqirishlarini buyurdi. Qizi keldi va mehmonga e’tibor bermasdan, otasiga yuzlandi. Otasi qizidan buni tanidimi yoki yo’qmi so’ragandi, qizi mehmonga qarab bugun yo’lini bir marta to’sganini aytdi. Qiziga ketaverishini aytib, Stivga qarab gapirdi.

      – Dangal odam ekansan, manam dangalman, shunga to’g’ridan to’g’ri gapiraman. Qizim Qur’onni yod olgan qoriya hisoblanadi. Oldimga kelib million marta yalinsang ham, agar islomni qabul qilmagan bo’lmasang, namoz o’qimasang va uyog’iga ilmingni kuchaytirishni va’da bermaseng, qizimni bermayman.

      – Nega axir?

      – Sababi oddiy, tavxid, ya’ni yakkahudolik faqat Allohga munosibdir. Sen esa nasroniy bo’la turib, ko’p hudolik deysan.

      – Tushundim sizni, ammo yolg’ondakam dinni qabul qilaman, deb uylanib olsam ham bo’ladiku. U narsani o’ylamadinggizmi?

      – Birinchidan, Allohning kalomi bilan hazillashib bo’lmaydi, hazillashsang ham bu uchun katta azob bor. Ikkinchidan, unaqa qiladigan bo’ladigan bo’lsang, yerni tagidan bo’lsa ham, qancha vaqt o’tgandan keyin bo’lsa ham seni topamiza, chunki biz musulmonlar muslima qizimizmi, singlimiz bo’ladimi, ularni hafa qildirib qo’ymaymiz. Boshqa begona muslima ham singlimiz yoki opamiz hisoblanadi. Uchinchidan, gaplaringdan unaqa odamga o’xshamayapsan – Stivga asosan begona bo’lsa ham, boshqa muslima ayollarni hafa qildirib qo’ymaymiz, degan fikr boshqacha ta’sir qildi. U o’yladi, ertaga uning ham qizi shu jamiyatda o’zsa, qizi uchun bu ajoyib sovg’a bo’larmidi, deb. U uchun bu mantiqni orqasidan kelayotgan narsa edi. Ammo o’zi hayron qoldi, qanday qilib bunaqa fikrlar uning mehmoni bo’ldi? U ikkilanib o’tirmadi va ichki ovozga tayanib, roziman, dedi.

      Biroz vaqt o’tdi va u uyida ayoli bilan namoz o’qib o’tirar edi. Namozni tugatishdi. Ayoli choy uchun qo’yilgan suv qaynaganini bilgach shoshilib ketdi. Stiv esa joynamoz ustida o’tirar edi va hayotidagi hamma narsa uni shu yo’lga olib kirishi uchun edi, deb o’ziga o’zi hayolida gapirib qo’ydi. U ichida Allohga hamd aytdi, bergan marhamatini shukronalik bilan esladi. Alloh Stivning yuragiga islom dinini sevgi orqali ochganini eslab, ko’zidan yosh oqdi. Bu hursandchilik ko’z yoshi edi. U ko’z yoshini ortdi va nafl namoz uchun niyat qilishni boshladi va o’qishga tushib ketdi.

      Anhorning kundalik hayoti

      Ayolga mas’ulyatli sovg’a

      Nilufar o’zining sevimli ishi hisoblangan jurnalistlik tufayli, bir yirik korxonaning egasidan intervyu olishiga to’g’ri keladi. Nilufar korxonaga kirib borar ekan, korxona maydoni va qurilish inshoati kattaligiga beixtiyor lol qolardi. Bunaqa katta natijaga erishish uchun, juda katta kuch kerak bo’ladi, deb qo’ydi yana beixtiyor. Binoning ichkarisiga kirarkan, Nilufar bilan telefonda aloqada bo’lib turgan kotiba uni kutib oldi va tepaga korxona rahbarining ofisi tomon otlanishdi. Binoning ichida hamma ish bilan mashg’ul, odamlarda chalg’ish yoki nimadir sabablar yo’q edi, ishni sustlashishiga. Nilufar bundan oldin ham boshqa korxona rahbarlaridan intervyu olgan edi, lekin bunaqa intizomni ko’rmagan edi. Bu intizom nafaqat ishni uzilmasdan davom etishida, balki ishlayotgan odamlarning chehralarida ham aks etar edi. Ular ishga berilib qilayotgan uchqun ko’zlarida ko’rinib turardi. Korxona metalga ishlov berib, metaldan qurilish mollarini yasab beradigan korxona edi. Nilufar va kotiba yurishda davom etishayotganda, ular yoshi 35—40 larga borib qolgan, bir jiddiy odam duch kelishdi. O’zini sal bo’lsada biroz oldin bo’sh qo’ygan kotiba ham jiddiylikni yanada kuchaytirdi. “Nurali aka bu sizdan intervyu olishi kerak bo’lgan va vaqtini kelishgan jurnalist hisoblanadilar”, dedi kotiba. Nurali aka esa bir nigohini tashadi va marhamat deya ofisga boshladi. Nilufar ofis tomon yurganda fikrlashga tushib ketdi. Ishchilarning o’z ishini bilib, bunaqa darajadagi intizomga amal qilayotganlari bekorga emasligini endi tushunib yetgandi. Haqiqattan ham, Nilufar uchun Nurali akani hatto yurishlarida ham bir intizom ko’rinar edi.

      Hamma ofisga kelib o’tirishgandan so’ng, kotiba bitta choynakda choy olib keldi, piyolalarga quydi va honadan chiqib ketdi.

      – Rahmat vaqtinggizni ajratganinggiz uchun, biz uchun bu muhim hisoblanadi – Nilufar.

      – Odam o’z ishini sevib bajarayotganida men buni qo’llab quvvatlayman – Nurali aka – savollaringgizni beravering – yana shu jiddiylikda.

      – Unda ijozatinggiz bilan, siz ham bu ishinggizni chin dildan sevib qilasiz, aynan shuning uchun natija o’zi ko’rinib turibdi, savolim shuki, sizni bundanda yaxshi ko’radigan ishinggiz bormi? – bu savol Nurali akaga ham noodatiy bo’lib ko’rindi, chunki ko’p intervyularda bunaqa savol bilan boshlashmagan edilar.

      – Ha bor, har kuni qiladigan bir muhim ishim bor, uni bu korxona va bizneslardan ko’ra ham yaxshi ko’raman, hamda har onini orziqib kutaman.

      – Sir bo’lmasa aytsanggiz bo’ladimi?

      Shu payt kotiba telefon orqali, uzur so’rab, boshqa kelsa bezovta qilmas edi, biroq oilasi kelgani uchun aytib qo’yayotganini ta’kidlagan edi. Shundan so’ng Nurali aka oilasini kutib oldi. Honaga bir ayol va ikkita bola kirib kelishdi. Ayol Nilufar bilan bir xil yoshda edi, Nilufarning chamasi bo’yicha. Yonidagi bolalar esa, bir qiz va bir o’g’il bola. Nurali akani ko’zida sezilar-sezilmas quvonch, zavq paydo bo’lgandi o’z oilasini ko’rib. Ammo uning jiddiy xarakteri o’z izini umuman yo’qotmagan edi. Nurali aka Nilufarga hammani tanishtirdi. Bolalardan qizning yoshi katta, o’g’il bola esa hali kichkina edi. Nurali akaning ayoli bolalar bu suhbatga halaqit qilishlari mumkin, degan asnoda kotibaga ularga ko’z-quloq bo’lib turishni iltimos qildi. Uning ismi Mursalina ekan. Nilufarga bu ism bir boshqacha chiroyli eshitildi. Mursalina eridan ubu narsa kerakmi yoki yo’qmi, unda biror xizmati yo’qmi, deb savol berdi. Nilufar esa hayron qolardi, kotiba bor-ku, deya o’ziga-o’zi. Shu payt birdan Nurali aka soatga qaradi va zarur ishi borligini 20 daqiqada qaytishini aytdi va uzr so’rab, turib ketdi.

      Nurali aka o’rnidan turib ketar ekan, ikki ayol taraflama ixtiyoriy suhbat boshlanib ketdi. Buning boshlanishi esa Nilufardan chiqqan edi. Nilufar esa ming o’zbek bo’lsada, baribir ruscha maktab va o’quv dargohlarini bitirgani sabab, ba’zida bir xil urf-odatlarni tushunmasdan o’sgan edi. Nilufar o’zini qiziqtirgan savol bilan boshladi va so’radi, nega kotiba turganda Mursalinaning o’zi xizmatga shay turganini. Bu savolni eshitgan Mursalini sodda va beg’uborona kulgusini yashira olmay kulib yubordi. Kulishni birozdan keyin to’xtatib, javob berdi va javobi Nilufarni ham sal kulishiga olib keldi. “Shunchaki bo’ynimdagi mas’ulyatni o’z hohishim bilan qilishga harakat qilyabman”. Mursalinani javob shunday edi. Nilufar esa boshqa mentalitetda o’sgani uchun,


Скачать книгу