Hikoyalar karvoni. Sardor Kurbanov

Hikoyalar karvoni - Sardor Kurbanov


Скачать книгу
bo’ldi, bunga javoban Mursalina qo’li bilan belgi berib, hammasi joyida ekanini bildirib davom etdi – lekin sizga misol tariqasida tushuntirib bersamda, siz eng yaxshi ko’radigan odaminggiz ota-onaggiz bo’lsa kerak, shundaymi? Ha shunday ekan, tasavvur qiling eng yaxshi ko’rgan insonlaringgiz bo’lgan ota-onanggizdan sovg’a oldinggiz, bu sovg’ani siz ahlatga tashlamaysiz, uloqtirmaysiz har qayoqqa, ota-onanggiz e’tiborining isboti bo’lgan bu narsani qadrlab, avaylab asraysiz, shundaymi? Fikrim to’g’riligidan hursandman, ana endi qarang, men ham yaxshi ko’rganim Allohdan har kuni har xil sovg’a olaman va bu sovg’alarni son-sanog’iga yetib bo’lmaydi. Asosiy sovg’alarim esa turmush o’rtog’im va farzandlarim. Xo’sh nega endi men, o’zim yaxshi ko’rgan Zotdan menga berilgan sovg’alarni har yoqqa uloqtirishim kerak, ahlatga otishim kerak, nega endi asrab-avaylab, qadirga yetmasligim kerak, nega? – jilmayishni ketini uzmasdan tugatdi. Nilufar nima deyishni bilmas edi. Keyin bitta bahona topganday bo’ldi va “bu hammasi Islomning stereotiplari hisoblanadi… menimcha”, deb qo’ydi.

      Mursalina biroz jilmayib turdi va javob qaytardi.

      – Hammamiz unaqada qaysidir stereotipning asosida yashaymiz, albatta unda sizning mantiqinggizdan kelib chiqsak, siz ham qanaqadir stereotipga asoslangan holda mening stereptipimga fikr bildiryapsiz. Farqi shuki siz nazarda tutgan olamni men ham bilaman, tushunib yetganman, ammo siz men yashayotgan olamni oxirigacha anglash bir joyda tursin, shu tushunchani yoniga ham yaqinlashmagansiz – Mursalinaning jilmayishi ozgina yo’qoldi – g’arbdagi biz feministmiz, biz hohlaganimizni qilamiz, deb bong urayotganlarni qo’llarining barmoqlarini orasidan ham, men va menga o’xshagan itoatkor, oldidagi mas’ulyatni quli bo’lib yashayotganlarni qo’llarining barmoqlari orasidan ham qum changlari tushib ketyabdi. Farqi shundaki, bizlar anglab yetganmiz, nega qumni tushayotganini va uni hamma joyga sochib tashlamaymiz, aksincha ular bir barqaror joyga tushyabdi va ertaga biz qo’limiz oxiri kuchdan tolganda, o’sha qo’limiz yumshoq tushadigan joyi bo’ladi – honaning oynasidan ko’ringan bolalariga qarab qo’ydi – G’arbdagilar ham biladi shu qumlarni tushayotganini, lekin ular anglab yetmagan nima sababdanligini va qum tushayotgan ekan, demak qo’lim bitta joyda qotib qolmasin, deya qo’llarini har tomon harakatlantirib, qumni har joyga sochib tashlashadi. Oxir-oqibat o’zlari ham bilmaydi, qo’llari qayerga qulayotganini va qanday qulaganini ham. Gaplarimdan hafa bo’lmang, umid qilamanki sizga bu gaplarim bilan ozor bermadim, kechirasiz endi bolalarimdan habar olay, xo’jayinim hozir chiqib qolsalar kerak – deya Mursalina o’rnidan turib ketdi.

      Nilufar nima o’ylash kerakligini bilmas edi. Mursalinaning jahli chiqqanini payqadi, aslini olganda o’zi aybdorliginiyam bilardi. O’zi birinchi itoat haqida savol berdi va “stereotip” deya uning his-tuyg’ulariga qarata tosh otdi. Hafa bo’lishga haqqi ham yo’q edi. Hozirgi onda Nilufarni ayollik hislati, yuragining qaysidir bo’lagi Mursalina gapirgan haqiqatlarni tan olayotgan edi, biroq Mursalina allaqachon payqagandaka u g’arbga mos hayotga katta bo’lgan onggi teskarisini aytayotgan edi. Bir necha daqiqa ichida u o’zini yomon his qila boshladi. Nimagadir ko’ngli sekin aynishni boshladi. Qarasa Nurali aka boshqa bir honaga kirib ketganiga endi 10 daqiqa bo’libdi. Majburlikdan borib Nurali aka kirib ketgan honani taqillatdi, hech qanaqa javob kelmadi. Eshik sal qiya ochiq turganiga boshini ichkariga kirg’azishga qaror qildi, kechirim so’rab ketishini aytish uchun. Boshini shunday kiritgan edi, yuzi o’ng tarafdan Nilufarga qaragan holda kimdir yerda o’tirar edi. Bu Nurali aka edi, u namozni tugatib duoda o’tirgan edi. Nilufar birinchi taniy olmadi, chunki bu namozda o’tirgan va boya intervyuda, korxonada yurgan kishi umuman farq qilar edi. Katta intizomli, jiddiy, go’yo tog’ni ichiga yutgan va haybati osmonlardek ko’ringan Nurali akani o’rnida, bir bechora, xuddi haybati cheksiz bo’lgan hojasini oldida quli, qo’rquvda va bir vaqtning o’zida hojasiga nisbatan ehtirom bildirib o’tirgan bir nochor odam o’tirgan edi. Nilufar o’zini yomon his qilishini ham esdan chiqarib qo’ydi yoki yomon his qilishi tugagan edi. Nilufar tushunib yetgandi Nurali akani namozdaligini, ammo tushunmagan edi, nega shunaqa katta korxona egasi, shunaqa hayoliga ham sig’maydigan daromad, mol-dunyo sohibi o’zini bunaqa his qilayotgan edi, nimaga oilasi bilanmas, nimaga namozda? Nilufar yana tushunib yetdi, Nurali akani shoshib ishim bor degani, oilasi kelishiga qaramasdan, hozir bunaqa ahvolda o’tirganiga, uning ishidan ham yaxshi ko’radigan narsasi shu namozligini. Nilufar musulmon albatta, islom dini haqidan ham habari bor, ammo bu yuzaki bilim bilan, go’yo futbol haqida bilasanmi desa, uning hayoliga odamlar to’p tepib yurish hayoliga kelgandaka edi. U ham hozir islom dinini namoz o’qish va yana ro’za tutish deb bilar edi. Lekin hozir unda savol paydo bo’ldi, shu hozir 10 daqiqa ichida uchratgan ayol va erkakdan keyin, islom o’zi nima degan? Boshini eshikdan olib, qog’oz va qalam olib, qog’ozga ketganini va intervyu uchun minnatdorlik bildirib, uzr ham so’radi, shaxsan xayrlasha olmagani uchun.

      Ofisdan chiqar ekan, u yerda faqat kotiba o’tirar edi. Mursalina yo’qligini ko’rib, uning qayega ketganini so’radi. Shunda kotiba bolalari bilan Qur’onni takrorlash vaqti kelganini, ularning hayot shakli shunaqa ekanligini aytdi. Bu gap birdan Nilufarning boyagi savoliga javob bo’ldi, ya’ni islom o’zi nima degan. Ichida o’ziga aytardi, “ha, bu ularning hayot shakli, meniki esa boshqa, yo’q meni hayot shaklim boshqachaga aylangan”.

      Rostan ham Nilufar ham, Nurali aka va Mursalina ham islom kemasida, ammo Nilufar kemadan suvga tushaman deyapdi, Nurali aka va Mursalina esa manzilga borganda tushamiz deyishyapdi. Buni Nilufar ishga borgandan keyin tushunib yetgandi. Nilufarni Mursalinaning sovg’a, qum haqidagi gaplari rosa ko’p o’ylantirardi, Nurali akaning namozi ham. Shunda u qo’liga telefonni oldi va kotibaga qo’ng’iroq qildi, kotibadan esa Mursalinaning telefon raqamini so’radi. Kotiba ruxsat so’rashi kerakligini, so’rab ko’rib keyin habar berishini aytdi. Bir qancha vaqt o’tdi, javob kelmadi. Birozdan so’ng sms habar kelgan edi. Uni o’qib Nilufar hursand bo’lib ketgan edi. Sms habar esa Mursalinaning o’zidan kelgan edi va u yerda shunaqa so’zlar bor edi. “Nilufar men Mursalinaman, boya ozgina qizishgandaka bo’ldim, afsusdaman, kechirasiz agar mendan bir nima o’tgan bo’lsa, islomda bandaning haqqi bir-birida qolmasligi kerak, shunga umid qilaman orada hafagarchilik qolmaydi, deb. Bu mening raqamim, nimadir bo’lsa, bemalol aloqaga chiqavering, qo’ldan kelguncha yordam beraman”.

      Bankrodlik darajasi

      Bitta yigit skameykada o’tirgan edi, uning yuzidan xorg’inlik ko’rinib turardi. Nigohi faqat yerga qaragan. Onda-sonda o’ziga-o’zi nimadirlarni pichirlab qo’yardi. Uning yoniga bir boshqa chol kelib o’tirdi va uning hol-ahvolini so’rashni boshladi. Boshida hech nimani eshitmagan, nimadirlarni pichirlab o’tirgan bu yigit, birozdan so’ng yonidagi cholning ovozini eshita boshladi. Pichirlashni tugatdi va yuzini yoniga kelib o’tirgan cholga qaratdi. Chol yana bir bor, bolam nima bo’ldi, deb so’radi. Keyin chol yigitning yuzi oqarib ketganini, mazasi yo’qmi va shunga o’xshash savollarni so’radi. Yigit ikkilanib turdi biroz vaqt va lablarini qimirlata boshladi. Lablarini qimirlatar ekan, chol ko’rib turardi va o’ziga o’zi hayron qolardi, bunchalik nima dard ekan bu yigitni bezovta qilayotgan, deb.

      – Men… bankrod bo’ldim. Bor budumni… yo’qotdim. Hammasi… ketdi.

      Chol jim eshitib o’tirardi. Lekin ko’zlari yigitning dardini tushunayotganini bildirib turardi. Chol yigitdan katta bankrod bo’ldimi, deb so’radi. Yigit esa o’z navbatida sekin dardini yoshi katta suhbatdoshdan go’yo yengillik his qilayotgandaka aytib berishga tushdi. Yigit biroz vaqt o’tib bir biznes boshlagan ekan. Anchadan beri bor to’plagan pulidan boshlagan biznesi boshida yaxshi yurishgan ekan. Ammo biroz vaqtdan so’ng kutilmagan voqealar sodir bo’lib, bu biznesi bankrodlikka uchrabdi. Azgina sukunat paydo bo’ldi. Chol birinchi gapirishni boshladi.

      – Bolam nimalarni his qilayotganingni tushunib turibman. Balki ichingda bu chol nimani ham bilardi, deb o’ylarsan yoki o’zimga to’g’ridan to’g’ri gapirarsan. Ammo ishon men ham bankrod bo’lganman – yigit darxol cholga umid ko’zlari bilan qarabdi. Cholga qararkan tasavvur ham qilarkan, balki hozir shu choldan biror bir foydali maslahat olarman, deya. Chol esa uning gaplari rostligini, yigit bekorga vaqt sarflab cholni eshitmayotganini bildirish uchun bankrodlikda his-tuyg’ularni tushuntirib berishga tushib ketdi – men ham bir paytlar restoran biznes boshlaganman, 4—5 yillab


Скачать книгу