Hadi. O’zbek tilida. Sardor Kurbanov
Insonlar shunday davom etsa, ya’ni to’g’ri yo’lni ko’ra olmaslik, birlashish va boshqa narsalarni tushunmaslik yo’lidan ketishda davom etaversa, ularda shu soat yo daqiqalar bo’larmikin? Shu soat, daqiqalarsiz ham tushunmasdan ketishsa, achinarli holat. Agar odamlar shu to’g’ri yo’lni ko’ra bilish, birlashish yo’lidan ketishsa, kelajakni o’zi ularning xizmatida bo’ladi.
Insonlar o’z yaqinlariga sevgini bera olishadi. Shu sevgini, keling sevgi emas, aksincha muhabbat, ya’ni umumiy muhabbat desa to’g’ri bo’ladi. Xullas, shu umumiy muhabbatni boshqalarga ham bersa bo’ladimi? Bo’ladi. To’g’ri har bir hayot, har kimning shaxsiy narsasi hisoblanadi. Biroq, birovga shu o’zaro mehrni bera olmagandan so’ng, boshqa «negativ’ narsani ham bermaslik kerak. Chunki, har bir hayot, bu har kimning shaxsiy narsasi hisoblanadi. Bunga xulosa aytiladigan bo’linsa, bu tarafdan yashashni hohlamagan odam, boshqa tarafdan ham shu hohishiga qarab ish tutsa, unda yaxshi. Mehrni misol tariqasida keltirilsa, mehr – ozuqa. Ozuqa esa hammaga yoqadi, bu ozuqani hamma o’ziga talab qiladi va bu ozuqa qo’lga tekganidan keyin, boshqalarning galini ham esdan chiqarmaslik kerak. Ha, dunyodagi hammani tabiati har xil, bu bilan bahslashib bo’lmaydi, insonlar o’zi shunaqa yaratilgan, bu bilan ham bahslashib bo’lmaydi. Misol qilib, hayotni 50%i tepadan, 50%i esa insonlarning o’zlaridan talab qilinadi va bu misol ko’rinishidagi haqiqatdir. Bu haqiqat insonlar orasida adashib yurgan, lekin hali balandroqga chiqib, o’zini borligini ko’rsata olmagan yoki tanita olmagan haqiqatdir. Buni lekin, 50%i emas, 100%i ham bizdan talab qilinadi. Shuning uchun esdan chiqarmaslik kerakki, umumiy muhabbat kaliti har bittamizda yashiringan.
Qanaqadir bir tuyg’uni, deb o’z jonini shunchaki qurbon qiladiganlar hayotda ko’p, bularni jinni deb ham bo’midi. Savol bittasi uchun o’z jonini qurbon qilgan inson, unda boshqalar uchun ham ruschasiga aytganda «не жалко» (bemalol), aksiga olib boshqattan sevgi degan tuyg’ularni uyg’otib o’tirishi shartmas. Hozir bu bilan kimdir ajralib qolayotgani yo kimdir yerga urilayotgani yo’q, shunchaki hato ta’kidlanib ketilyapti. Bo’lishi mumkin, hatosiz odamni o’zi yo’q, lekin bunaqa darajadamas. E’tibor berish kerak, har bitta narsani me’yoridan oshib ketishi sog’liq uchun zarar. Kamchilikka qaytiladigan bo’linsa, u bilan yashagandan ko’ra, uni to’g’irlash kerak. «Тупизм» (jinnicha) cha fikrlash orqali o’zini qurbon qilgan bilan, 1 gramm ham foyda yo’q, lekin zarari 1 grammdanam oshadi. Qurbonlik bilan, qurbon qilishni ancha katta farqi bor, bu qaytarilma. Aytib o’tilganidek 2—3 ta odam uchun ham jonini bersin, odamlar tushinishadi. Bu yerda ham sevgi, muhabbat degan tushunchalar bor. To’g’ri har bir hayot, har bir odamning xazina va muommosi hisoblanadi. Shunchaki ba’zida kichkina o’zgartirishlar kiritish kerak bo’lib turadi. Bu esa o’sha o’zgartirishlardan biri hisoblanadi.
Odamlarni yana bir-birlari bilan birlashishlariga qaytilsa, bu odamlar uchun to’g’ri yo’l hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda qaror desa ham bo’ladi va bu qaror nafaqat hayotimiz uchun, balki kelajak uchun va undagi hayotimiz uchun ham, hatto o’tmish va undagi hayotimiz uchun ham foydali, shunchaki foydalimas, ancha foydali. Ya’ni shu yashalgan on, kelajakka aylanadi va kuni kelib, u o’tmishga ham aylanadi. Va bu boshqalar uchun ma’lum bir tarbiya vazifasini bajaradi. Odamlar shuning uchun ham, kelajak o’tmishdan boshlanadi deb bekorga aytishmaydiku. Buni sal o’zgartirib, hozirdan boshlanadi, desa ham bo’ladi. Shu hozirgi zamon o’tmish va kelajak o’rtasidagi ko’prik hisoblanadi. Yolg’iz yoki ajralib mukammallikka erishib bo’lmaydi, to’g’ri mukammallikka umuman erishib bo’lmas, lekin shu mukammalik yo’lida ketsa bo’ladi, bu qaror esa shu yo’lda ketish uchun «проездной» (chipta) desa ham bo’ladi. O’zi asli shunaqa, lekin sodda misoldan yaxshisi yo’q. Bu hozircha shubha bo’lib ko’rinayotgan bo’lsa kerak, biroq fakt bo’lishi, insonlarni bu narsani qabul qilish va amalga oshirish salohiyatiga bog’liq. Misol tariqasida yana, bitta odamdan 1 ta, mayli 2—3 ta fikr chiqadi. Insonlar nechta va ulardan chiqadigan fikrlar, g’oyalar nechta bo’lib ketadi? 10 tasiniki? 100 tasiniki? 1000 tasiniki? 1000000 tasiniki? Bu yerda azgina matematik hisoblash kerak holos, shuni o’zi javob bo’la oladi. Ba’zi bir gaplarni misol olinsa, «yaxshi g’oyalar birlik bilan keladi’, «kuch – birlikdadir’ va shunga o’xshash, bularda jon bor desa bo’ladi. Hayotda, tanlovda adashmaslik kerak, ya’ni har bir ko’zga ko’ringan narsani haqiqat deyilsa, yolg’onga asoslangan hayot ichida qolib ketib, vayronkorlik tomon qadam tashlash mumkin, yo’q mumkin emas, aniq. Buni hayotni tugashi desa ham bo’ladi, faqat shu boshqacha ko’rinishdagisi bo’ladi.
O’zi umuman olganda, hech kimga aldamchi hayot kerakmasu, balki kerak bo’lar ba’zida, lekin muhtojlik sezishmasa kerak. Biroq o’sha muhtojlikkayam erishsa bo’ladi, agar odamlar shuni shunchalik hohlashsa. Bu esa tushuntirib o’tilganidek, unaqa ja yaxshi fikr emas. Yaxshi fikr deb, o’ylangan narsa puch bo’lishi ham mumkin, albatta bu tushuntirilganidek, soxta bo’lsa, soxta esa o’z yo’lida yolg’on hisoblanadi, teskarisi bo’lsa ham baribir puch hisoblanadi, shuning uchun bu narsa shunchaki puch hisoblanadi. Insonlarni ba’zida baliqqa o’xshatsa bo’ladi, ya’ni baliqlarga insonlar tarafdan xo’rrak tashlanib, qarmoqqa ilintiriladi, insonlar ham ba’zida shunaqa xo’rrakka ishonib, qarmoqqa ilinishadi, to’g’ri ba’zi paytlar insonlar o’sha xo’rrakka ilinmas, ba’zi baliqlarga o’xshab, balki omadi kelib, balki vaqti hali kelmasdan, ammo asosiy tirik qolish uchun instinkt, bu yerda ishonch, faqat shu to’g’ri narsaga ishonch hisoblanadi. Yolg’on yoki soxta narsaga ishonch esa, xo’rrakka ilingandan so’ng yo tovoda qovurilishiga, yo boshqa idishda paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Shuni ham eslab o’tish kerakki, baliqlarga insonlar tomonidan xo’rrak tashlansa, insonlarga bu hayot tomonidan tashlanadi, ba’zi bir ajratilgan hollarda insonlarga insonlar tomonidan ham tashlanib turadi, nega bunaqa deb savol berib o’tirish shartmas, javobi yoki sababi oddiy desa ham bo’ladi. Xullas, sababi shu puch bo’lgan narsani orqasidan quvlashi, balki boshqa sabablari ham bordir va buni ham javoblari yo sabablarini bilish, aniqlash shu jonzodlarni o’ziga bog’liq, uni to’g’irlash hamdir, balki.
Bu hayotda, anglash kerak bo’lgan savol va javoblar juda ko’p, anglab olishga vaqt kam. Insonlar orasida «Sirning siri – samimiyatda» degan gap aylanib yuradi. To’g’ri deyishdan boshqa iloj yo’q, chunki hech qanaqa gina, arazsiz, samimiylik bilan kechgan hayot jannat «versiyasining kopiyasidir». Tan olish kerak soxtalik hamma yerda mavjud, ya’ni mavjud bo’lib kelgan, mavjud bo’lib ketadi ham. Sabab, insonlar. O’zlari ham shu narsaga sababchi bo’lishadi, inson baxtga ham, teskarisiga (baxtsizlikka) ham erishishi uning o’ziga bog’liq. Xullas, agar insonlar uni yo’qotmasa yoki yo’qotishga harakat qilmasa, shu vaqtinchalik hisoblangan «lekin», bir umrlikni kushandasi, desa ham bo’ladi. Xullas, o’sha insonlarni yo’q qilib tashlaydi. Bu oddiy ko’rinib turgan narsa va miyaga kirishi ham oddiy. Buyam insonlarni o’ziga bog’liq.
Agar insonlar hayotidagi asosiy narsaga erishishmoqchimi, oldin o’sha asosiy narsani aniqlab olishlari kerak. To’g’ri aniqlamasa ham bo’ladi, buyam albatta insonlarga bog’liq. Maqsad hamma insonga tanish narsa hisoblanadi, biroq maqsad hamma insonda ham bo’lavermaydi. Agar insonda maqsad bo’lmasa, bu hayot shunchaki, hech qayerga chiqib bo’lmaydigan xonaga o’xshab qoladi, ya’ni shu xonadan ortiq hech qayerga chiqolmaydi, to’rt devorni ichida hamma hayotini kechiradi, lazzatiniyam, azobiniyam deyilardiyu, lekin bu shartmas, chunki shu to’rt devorni o’zi bir azobni turi. Xullas, tashqariga chiqib ko’rsa, undan ham zo’r hayot uni kutib turganini bilmaydi, bilsayam harakat qilmaydi. Tashqariga chiqish unaqa katta narsani talab qilmaydi, shunchaki bitta – ikkita qadam va olam guliston. Hamma inson maqsadni turlicha tushunishi mumkin, buni aybli tarafi yo’q, hamma ham tajribaga birdan erishib qolmaydi. Tajribaga sekin – asta erishiladi. Tajribasiga ishongan inson, reallikni realikdan ajratib olgan va shunday davom etayotgan inson hisoblanadi. Maqsadni qaytadan ko’rib chiqilsa, uni avvalambor oldin ajratib olish kerak, savol paydo bo’lar. Nimadan? Deyilsa misol uchun, havasdan, xayoldan, orzudan va shunga o’xshagan hayotni inson uchun qo’ygan chalg’ituvchi ja qopqon yoki tuzoq deb bo’lmaydiyu, lekin yo’llaridan.
Maqsad deb orzuni, orzu deb maqsadni adashtirishni o’zi hato yo’l. Misol tariqasida, u hali tug’ilmagan chaqaloqqa o’xshaydi, undan keyin maqsadga to’g’ri yo’nalish berish, ya’ni ismi yo’q chaqaloqqa o’xshaydi