Оливер Твистнинг бошидан кечирганлари. Чарльз Диккенс

Оливер Твистнинг бошидан кечирганлари - Чарльз Диккенс


Скачать книгу
aralashdi oq nimchali jentlmen.

      – Menga qaranglar! – dedi Gemfild. – To‘rt funtga bor baraka qila qolaylik, jentlmenlar. Kelinglar, to‘rt funtga kelishaylig-u undan bir umrga qutulinglar. Bo‘ptimi?

      – Uch funt-u o‘n shilling, – qat’iy takrorladi mister Limkins.

      – Menga qaranglar, jentlmenlar, yana ustamasini ikkiga bo‘lamiz, – taklif qildi Gemfild. – Uch funt-u o‘n besh.

      – Bir farting11 ham qo‘shmayman, – mister Limkinsning qat’iy ovozi yangradi.

      – Meni juda qiynab qo‘yasizlar-da, jentlmenlar, – bo‘shashibroq dedi Gemfild.

      – Be, qo‘ysangiz-chi! Bema’ni gap! – dedi oq nimchali jentlmen. – U hech qanaqangi mukofot-u siylovsiz ham olsa arziydigan bola. Esi yo‘q odam ekansiz-ku, olib ketaversangiz-chi uni! Bu juda sizbop bola. Vaqt-vaqtida uni tayoq bilan siylab turish kerak – bu uning o‘ziga foyda. Uni boqish qimmat tushmaydi, negaki tug‘ilganidan beri sira qorni to‘yadigan ovqat berilmagan. Xa-xa-xa!

      Mister Gemfild stol tevaragida o‘tirganlarga ayyorona nigoh tashlarkan, ularning iljayayotganlarini ko‘rib, o‘zi ham tirjayishga tushdi. Bahslashish bitgandi. Mister Bamblga o‘sha zahotiyoq, Oliver va uning hujjatlarini tasdiqlash hamda imzo chekish uchun shu bugunoq sudya huzuriga olib borish zarurligini aytdilar.

      Ushbu qarorni ijro etmoqlik uchun Oliverni nihoyatda taajjubga solib, qamoqdan bo‘shatishdi-da, toza ko‘ylak kiyishni buyurishdi. Mutlaqo ko‘nikilmagan jismoniy mashg‘ulotni tugatar-tugatmasidan mister Bambl o‘z qo‘li bilan bir tovoq go‘ja va bayram ulushi – ikki-yu chorak unsiya nonni ko‘tarib kelib qoldi.

      Bu kishini lol qoldiradigan manzarani ko‘rgan Oliver zorlanib yig‘lab yubordi: u, kengash meni birorta foydali maqsad yo‘lida o‘limga hukm etgan bo‘lsa kerak – bunday o‘ylashi batamom tabiiy edi – deb o‘ylagandi, yo‘qsa hech qachon qornini bunchalik to‘yg‘azib o‘tirishmagan bo‘lardi-da.

      – Qo‘y, yig‘lama, Oliver, bo‘lmasa ko‘zlaring qizarib qoladi. Go‘jangni ichgin-u, shukr qil! – dedi mister Bambl nasihatomuz va dabdabali ohangda. – Seni shogirdlikka berishmoqchi, Oliver.

      – Shogirdlikka deysizmi, ser? – qaytarib so‘radi bola qalt-qalt titrab.

      – Shunday, Oliver, – dedi mister Bambl. – Ota bo‘lib boshingni silayotgan saxovatli hamda muruvvatli jentlmenlar, Oliver (chunki o‘zingning ota-onang yo‘q), garchi bu qavmga uch funt-u o‘n shillingga tushsa hamki, seni shogirdlikka berib, oyoqqa turg‘azishmoqchi, odam qilishmoqchi. Uch funt-u o‘n shilling-a, Oliver! Yetmish shilling… bir yuz qirqta olti penslig-a! Shuncha mablag‘ni hech kim yoqtirmaydigan bitta yaramas yetimchani deb sarflashyapti-ya!

      Dag‘dag‘ali ovoz bilan shu so‘zlarni aytayotgan mister Bambl nafasini rostlab olmoq uchun to‘xtaganida sho‘rpeshona bolaning yuzini shashqator yosh yuva boshladi-yu, birdan ho‘ngrab yig‘lab yubordi.

      – Qo‘y, bas, – dedi mister Bambl endi dabdabali ohangini o‘zgartirib, aslida esa o‘zining notiqligi qanday ta’sir etayotganini ko‘rish xush yoqayotgandi. – Bas qil, Oliver! Kamzulingning yengi bilan ko‘zingni art, tag‘in ko‘z yoshing go‘jaga tushmasin. Bu ishing sirayam aqldan emas, Oliver.

      Darhaqiqat, bu aqldan emasdi, negaki go‘ja shundoq ham sersuv edi.

      Sudya huzuriga ketayotib mister Bambl Oliverga u yerga borganlarida o‘zini baxtiyor qilib ko‘rsatishi va keksa jentlmen, shogird tushishni xohlaysanmi, deb so‘raganida, judayam xohlayman, deya javob qilishini uqtirdi. Oliver bu har ikkala ko‘rsatmani ham bajarishga so‘z berdi, zotan, mister Bambl mabodo, buyurganlarining birortasini bajarmaydigan bo‘lsa, boshiga qanday kunlar tushishini muloyimgina shama qilib o‘tgandi. Sudyaning huzuriga yetib kelgach, mister Bambl uning yolg‘iz o‘zini katalakdek xonaga kiritib qo‘ydi-da, toki o‘zi kirib olib ketmagunicha shu yerda qimirlamay kutishni buyurdi.

      Bolakay yuragi gurs-gurs tepgancha yarim soatcha kutdi. Oradan hozir qayd etganimizcha fursat o‘tgach, mister Bambl eshikdan bosh suqib qaradi-da (bu gal boshini bejab turadigan uch qirra shlyapasi yo‘q edi), baland ovoz bilan dedi:

      – Oliver, azizim, yura qol, jentlmenlar huzuriga. – Shu so‘zlarni aytarkan, mister Bamblning qosh-qovog‘i uyulib, basharasi tahlikali tus oldi va shivirlab qo‘shib qo‘ydi: – Yaramas bola, tayinlagan gaplarim yodingda bo‘lsin-a!

      Uning muomalasi bunday o‘zgarib turgani bolani chalg‘itib qo‘yayotgan edi, shu bois Oliver soddalik bilan mister Bamblning aftiga qaradi, biroq vajohatli jentlmen biron nima deyishiga ham qo‘ymay, shu zamonoq uni eshigi ochiq turgan yonginadagi xonaga yetakladi.

      Bu derazasi katta, keng-kovul xona edi. Baland yozuv stoli ortida sochlariga upa sepgan ikki keksa jentlmen o‘tirishibdi; biri gazeta o‘qimoqda, gardishi toshbaqa kosasidan yasalgan ko‘zoynak taqqan ikkinchisi oldidagi bir parcha moyqog‘ozdagi yozuvni ko‘zdan kechirmoqda. Baland stolning bir yonida, sal oldinroqda, mister Limkins, aft-basharasini naridan-beri yuvib olgan mister Gemfild esa ikkinchi yonida turishibdi; atrofda esa qo‘nji uzun etikli nusqi qo‘pol ikki-uch kishi g‘ivirsib yurishibdi.

      Ko‘zoynakli keksa jentlmen yozuvga tikilib o‘tirgan yerida axiyri mudrab ketdi, buning oqibatida mister Bambl Oliverni yozuv stoli qarshisiga turg‘azib qo‘yganidan keyin ham oraga cho‘mgan sukunat bir necha daqiqaga cho‘zildi.

      – Mana o‘sha bola, taqsir, – dedi mister Bambl.

      Gazeta o‘qiyotgan keksa jentlmen birrov boshini ko‘tardi-da, yonidagi keksa jentlmenning yengidan tortib qo‘ygan edi, unisi ko‘zini ochdi.

      – O‘, bu o‘sha bolami? – ming‘illadi keksa jentlmen.

      – Xuddi o‘zi, ser, – javob qildi mister Bambl. – Azizim, sudya janoblariga ta’zim qil12.

      Oliver oldin bir seskanib tushib, keyin ikki bukilib ta’zim bajo keltirdi. U hakamlarning upa sepilgan sochlariga razm solarkan, nahotki kengash a’zolarining hammasi mana shunaqangi boshida oppoq un bilan tug‘ilib, shuning uchun ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri kengash a’zosi bo‘lib olishsa, deb bosh qotira boshladi hayron qolib.

      – Xo‘sh-sh, – dedi keksa jentlmen, – o‘ylaymanki, mo‘ri tozalovchilik kasbi yoqsa kerag-a unga?

      – Es-hushi shunda, muhtaram janob, – javob berdi Bambl va yo‘q, deb og‘iz ocha ko‘rmagin-a, degan ma’noda Oliverni zimdan chimdib qo‘ydi.

      – Binobarin, u mo‘ri tozalovchi bo‘lmoqchi ekanda, shundoqmi? – so‘radi keksa jentlmen.

      – Mabodo, biz ertadan boshlab birorta boshqa kasb-korga o‘rgatishni xayol qiladigan bo‘lsak, bu o‘sha zahotiyoq qochib qolishi turgan gap edi, janoblari, – javob qaytardi Bambl.

      – Xo‘sh, bu kishi, uning bo‘lajak xo‘jasi… siz, ser… siz u bilan yaxshi muomalada bo‘lasiz… uni boqasiz… va shu kabilar, to‘g‘rimasmi, ser? – dedi keksa jentlmen.

      – Rostki, men shunday qilaman dedimmi, bas, shunday qilaman, – deya javob berdi mister Gemfild qovog‘ini uyib.

      – Picha qo‘polroq so‘zlar ekansiz, birodar, illo, vijdonli, sofdil odam ko‘rinasiz nazdimda, – dedi keksa jentlmen ko‘zoynagini Oliver uchun tayinlangan mukofotni olajak nomzodga to‘g‘rilar ekan.

      Bu nomzodning jirkanch turqida chindan ham uning shafqatsiz odam ekanidan dalolat beruvchi toshbag‘irlik muhri – tamg‘asi aks etib turardi. Biroq sudya keksalikdan ko‘zlari xiralashib, yosh boladay bo‘lib qolgandi, shu sababdan ham undan boshqalar ko‘rib turgan narsani payqashni kutish ehtimoldan uzoq edi.

      – Shundoq bo‘lsa kerak, degan umiddaman, ser, – dedi mister Gemfild razilona irshayib.

      – Bunga zarracha shubham yo‘q, birodari aziz, – deb qo‘ydi keksa jentlmen ko‘zoynagini burniga mahkamroq o‘rnashtirib, dovot izlab u yoq-bu yoqqa alanglarkan.

      Bu


Скачать книгу

<p>11</p>

Farting – chorak pens. (Tarj.)

<p>12</p>

Sudya janoblariga ta’zim qil – ya’ni dunyoviy ishlarni ko‘radigan, 1834-yil qonuniga binoan mehnat uyi, shuningdek, yetimxona «nozirlar kengashi»ning farmoyishlarini ba’zi hollarda tasdiqlash hamda rad etish huquqiga ega bo‘lgan sudya.