PEDAGOGIKA. J. Hasanboyev

PEDAGOGIKA - J. Hasanboyev


Скачать книгу
chunonchi, diqqat va xotira darajasi, tafakkur xususiyatlari, so‘z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik darajasi va boshqa ruhiy rivojlanishga taal- luqlidir.

      Shaxs rivojlanishida, u yoki bu faoliyat turlari (o‘yin, o‘qish, mehnat va boshqalar)ning turli yoshdagi faoliyat mazmuni (maqsadga yo‘naltirilganlik, harakatning ongli, rejali bo‘lishi, ularning samaradorligi va h.k), shuningdek, aloqa, muomala hamda kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ijtimoiy burchni anglash, unga nisbatan mas’ullik kabi xususiyatlar ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shaxsning shakllanishida shaxsiy xislat va sifatlarning rivojlanib, taraqqiy etib borishi muhim o‘rin tutadi. Shaxs sifatlarini to‘g‘ri aniqlash uchun turli munosabatlar jarayonida uni o‘rganish maqsadga muvofiqdir.

      Bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimi kadrlarning yangi avlodi tafakkurini, ongini shakllantirishga xizmat qiladigan zarur bir soha sifatida namoyon bo‘layotgan ekan, shaxs ta’rifi ham birmuncha oydinlashadi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismiga kirgan «shaxs» quyidagicha ta’riflanadi:

      Shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchisi. Demak, shaxs – ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo‘lib, ongli faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda o‘z o‘rni bor. Shaxsning rivojlanishi esa barcha tug‘ma va hosil qilingan xususiyatlar: organizmning anatomik tuzilishi, faoliyat va xatti- harakatlarning miqdoriy va sifat o‘zgarishi jarayonidir.

      Shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar quyidagi shaklda aks ettirilgan (3.1.1-shakl).

      3.1.1-shakl

      Irsiyat – bu ota qoni yoki ajdodlariga xos bo‘lgan biologik xususiyat va o‘xshashliklarning nasi (bola)ga o‘tish jarayoni.

      Nasldan naslga o‘tadigan xususiyatlarga quyidagilar kiradi: anatomik-fiziologik tuzilish (misol uchun yuz tuzilishi), organlar holati, qaddi-qomat. asab tuzilishi xususiyatlari, teri, soch hamda ko‘zlarning rangi. Shuningdek, nutq, tafakkur, ixtiyoriy harakat va amallar, vertikal holatda yurish, mehnat, ijod qilish qobiliyati va boshqa iste’dod alomatlari ham nasldan naslga o‘tadi. Iste’dod alomatlari umumiy xususiyat kasb etadi, muayyan mehnat va ijod turiga yo‘naltirilgan emas. Iste’dod alomatlari muayyan faoliyatga moyilligini aks ettiradi, xolos. Ma’lum oilada tarbiyalanayotgan bolada ajdodlariga xos iste’dod nishonasi aks etganda. aynan shu iste’dodning shakllanishida muhim rol o‘ynagan, uning rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlarga oila muhitini nazoratdan chetda qoldirmaslik lozim.

      Fiziologiya va psixologiya fanlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror-bir qobiliyatning ro‘yobga chiqishi va rivojlanishi uchun manba bo‘lgan layoqat bilan tug‘iladi. Layoqat go‘yo «mudroq» holatda bo‘lib, uning «uyg‘onishi» – rivojlanishi uchun qulay muhit yaratishini talab qiladi.

      Shaxs muayyan ijtimoiy jamiyat mahsulidir. Shaxsning hayotiy faoliyatida ijtimoiy muhit unga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ijtimoiy jamiyat shaxs imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin. Bu jamiyatning ma’naviy qiyofasi, unda tashkil etilayotgan munosabatlar mazmuni hamda darajasiga bog‘liq.

      Muhit – bu shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi voqea- hodisalar majmuyi. «Muhit» tushunchasi o‘ziga geografik-hududiy, ijtimoiy va mikromuhit (oila) xususiyatlarini ifoda etadi.

      Mikromuhit o‘zida qisman ijtimoiy muhit qiyofasini aks ettiradi. Ayni chog‘da nisbatan mustaqillikka ega. Mikromuhit, bu ijtimoiy muhitning bir qismi bo‘lib, oila, maktab, do‘stlar, tengqurlar, kishilar va shu kabilarni o‘z ichiga oladi. Bolani qurshab turgan muhitda ijobiy va salbiy rivojlantiruvchi va inqirozga eltuvchi hodisalar mavjud. Agar bola o‘z tug‘ma layoqatiga mos sharoitda o‘sib, zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, erta ko‘rinib rivojlanishi, aksincha, bunday muhit bo‘lmasa, yo‘q bo‘lishi yoki «mudroq» ligicha qolib ketishi ham mumkin. Bundan tashqari odob, axloq, xulqiy sifatlar, shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va tarbiyaning o‘zaro ta’siri asosida vujudga keladi. Pedagogika va psixologiya fanlari ijtimoiy muhit. unda shaxsning shakllanish jarayoniga, ta’siri roliga alohida e’tibor beradi. Ijtimoiy voqea va hodisalarning shaxs rivojiga ta’siri g‘oyat muhim ekanligini ta’kidlagan holda, ular ijtimoiy muhit abadiy emas, u ijtimoiy-tarixiy qonuniyatlar ta’siri ostida o‘zgarib boradi, deya ta’kidlaydilar.

      Oila muhiti – mikromuhit ham o‘ziga xos muhim tarbiyaviy ta’sirga ega. Shu bois mustaqillikka erishilgandan so‘ng, o‘tgan davr mobaynida oila muhitining shaxs kamolotida tutgan o‘rni va ahamiyati masalalari chuqur tahlil etilmoqda. Shu maqsadda tashkil etilgan «Oila» ilmiy markazi oilaning bu boradagi imkoniyatlarini ochib berish borasida samarali faoliyat olib bormoqda.

      Mavjud ijtimoiy muhit insonning o‘sib borayotgan ongiga ta’sir etadi. Ijtimoiy tuzim darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning shaxsga nisbatan ongli ta’siri ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Ushbu ta’sir ijtimoiy jamiyatdagi mavjud tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi.

      Tarbiya ijtimoiy muhit orqali keladigan tarbiyaviy ta’sirlarning barchasi bilan bog‘liq holda, shaxs rivojlanishiga ta’sir etadi. Bunda qulay omillardan foydalaniladi, salbiy ta’sirlarning kuchini ma’lum darajada kamaytiradi. Muhitning ta’siri stixiyali, tarbiyaning ta’siri esa maqsadga muvofiq olib boriladi.

      Tarbiya jarayonida quyidagi holatlar vujudga keladi:

      1. Tarbiya jarayonida kishi ongining o‘sishi sodir bo‘ladi. Masalan, bola o‘z ona tilini, atrofini o‘rab turgan muhitning ta’sirida o‘rganib olishi mumkin. Lekin o‘qish va yozishni ta’lim olish yo‘li bilan o‘rganadi. Ma’lum bilim ko‘nikma va malakalar faqat tarbiya jarayonida egallanadi.

      2. Tarbiya yordamida kishining tug‘ma kamchiliklarini ham kerakli tomonga o‘zgartirish mumkin. Chunonchi, ba’zi bir bolalar ayrim kamchilik (kar. ko‘r, soqov va h.k) bilan tug‘iladi. Lekin maxsus tashkil etilgan tarbiya yordamida, ularning aqliy qobiliyatlari taraqqiy qiladi, sog‘lom kishilar bilan barobar faoliyatda bo‘lishi mumkin.

      3. Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’siri natijasida yuz bergan kamchilik (bolalarning qarta. qimor o‘ynashi, chekishi, ichishi va narkotik moddalarga o‘rganishi kabi)larni ham tugatish mumkin.

      4. Tarbiya – istiqboldagi maqsadni belgilaydi. Shu bois, shaxs kamolotini ta’minlashda ilg‘or rol o‘ynaydi.

      Tarbiyaning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bola shaxsining o‘ziga xos xususiyatlari, u yashayotgan muhitning ta’sirini hisobga olishga bog‘liqdir. Shuni yodda tutish kerakki, bola mavjud bo‘lgan mikromuhit mazmunini, uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi kishilar va ular bilan o‘rnatilgan aloqa mohiyati belgilaydi. Bola oila a’zolari, tarbiyachi, o‘quvchi, o‘rtoqlari, oilaga yaqin kishilari bilan munosabatda bo‘ladi. Ushbu munosabatlar bolaning rivojlanishida g‘oyat muhim rol o‘ynaydi. Bolaga ularning ta’siri o‘zaro muomala-munosabatida bo‘ladi. Ana shu aloqa asosida bola ajdodlar tajribasini o‘zlashtiradi, o‘zi uchun andoza tanlaydi.

      Ijtimoiy munosabatlar jarayonida nutq rivojlanadi. Chunki jamiyatda bola kattalar, tengdoshlar, tarbiyachilar va turli jamoalar qurshovida bo‘ladi, u savollar beradi, kuzatadi, mulohaza qiladi. Hayotiy voqea-hodisalarni tushunishga. yaxshini yo‘londan ajratib olishga, o‘z harakatlarini davr talabiga moslashtirishga urinadi. Har bir ijtimoiy jamiyatda tarbiyaning maqsad va vazifalari, axloq me’yorlari, madaniy boyliklar, jamiyat a’zolarining didi. axloqiy qarashlari, dunyoqarashlari, e’tiqodlari o‘zgarib boradi va ular tarbiya vositasida bolalar ongiga singdirib boriladi. Bola shaxsining rivojlanishi uchun faol kunlik harakat zarur. Faoliyat yordamida bola atrof-muhit bilan munosabatda bo‘ladi, shu orqali uning bilish qobiliyati rivojlanadi, tafakkur qilish darajasi yuksaladi, xarakter sifatlari takomilla- shib, kamol topadi.

      3.2. Shaxsni kamol toptirishda tarbiya va faoliyatning o‘zaro bog‘liqligi

      Shaxsning kamol topishida tarbiya muhim rol o‘ynaydi. Uning shakllanishi faoliyatdan tashqarida bo‘lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirilgan har qanday faoliyat


Скачать книгу