Қутлуғ қон. Ойбек Мусо Тошмуҳаммад ўғли
ishida juda dadil odamsiz, – bir qadar ranjib dedi Hakimboyvachcha, – sizdan dadilrog‘i, xudo biladi, musulmonlar orasida yo‘q, yo juda oz. Hayronman, nimaga zavodga qadamni bunchalik cho‘chib bosasiz.
– Qiziq gaplarni gapirasan. Axir, soqolim gazlama savdosi bilan oqardi. Men dadil bo‘lmay, kim dadil bo‘lsin yana.
Bir muddat ikkisi ham jim qolishdi. Chol hali kitob o‘qiganda ilgan oltin bandli ko‘zoynagini olib kursiga qo‘ydi.
– Man bir vaqt sanga yo‘l chizib bergan edim-ku, shundan chiqma, paxtani birinchi qo‘ldan ol. Dehqonlarga pulni qishda tarqat. Dehqon qip-qizil yalang‘och, ahvoli tang. Unga pul kerak. Pul bilan oyog‘iga kishan ur. Shunday qilsang xohlagan shartingga ko‘naveradi. Kuzda hamma paxta seniki, o‘g‘lim. Hozircha bundan afzal yo‘l yo‘q.
– Hali ham shu yo‘ldaman-ku.
– Yana kengaytir!
Mehmonxona eshigi ochildi. Bo‘ynini qisib, ko‘rishmoq uchun uzoqdan qo‘llarini cho‘zib Abdishukur kirdi.
– O‘tiraveringlar, ziyoratlariga keldim, – u ota va bolaning qo‘llarini ta’zim bilan juda samimiy siqib o‘tirdi.
– Baquvvatmisiz, otajon?
– Alhamdulillo…
– Shaharda ko‘rinmay qoldingiz, mulla Hakim aka? – boyvachchaga qarab, ko‘zlarini javdiratdi Abdishukur.
– Qo‘qonda edim.
– Qalay, xursandmisiz? Juda soz. Do‘stlarning xursandligi – mening xursandligim. Shunday emasmi, ota?
Abdishukur yana cholga ta’zim qilda.
Mirzakarimboy indamadi. U o‘g‘li bilan boshlagan jiddiy suhbatni kesgan bu “gazetparast mahmadona”ning kelishini jilla yoqtirmay, boshini egib, xomush o‘tirsa ham, Hakimboyvachcha durust, muomalada bo‘lda. U Abdishukurning xo‘jayini va do‘sti bo‘lgan Jamolboy bilan pul ham savdo muomalalarida buni qurol qilmoqchi edi. Shuning uchun bir qancha zamondan buyon Abdishukur bilan yaxshi aloqada bo‘lishga tirishar zdi.
Kursi ustiga dasturton yozilib, meva-cheva to‘la patnis qo‘yildi. Samovardan chiqqan bug‘ uyni tutdi. Abdishukur bodom-pista chaqib, achchiq choy ichib, yayrab o‘tirda. Gap orasida qo‘ltig‘idan sariq qog‘ozli, yupqa bir kitobchani chiqarib, Hakimboyvachchaga uzatdi.
– Zotan, kelishdan maqsadim shu edi, janobingizni madh etibdilar, sizga ko‘rsatishga oshiqdim.
– «Oyna»…– o‘qidi kitobchaning nomini, so‘ng varaqlay boshladi Hakimboyvachcha.
– Bu iima tag‘in? —Abdishukurga shubhali nazar bidan qaradi Mirzakarimboy.
– Bu, otajon, majmua, joriyda, – dedi Abdishukur, – oyda ikki daf’a Samarqandda bosilib, ahli ilm orasida tarqaladi. Nima keragi bor, deysizmi? – yumshoqqina kulib, davom etdi Abdishukur.– Maqsadi diniy, dunyoviy har nav foydali yozuvlar millat islomiyaning ko‘zini ochish, haqiqat yo‘lni ko‘rsatishdir. Muharriri ilmda kamolotga yetgan nodir iisonlardan…
– Ajab zamona ekan! —Boshini chayqab gapirdi Mirzakarimboy, – har xil gaplar chiqadi: majmua, joriyda… foydasi bormi?! Mana banka degan so‘z chiqdi. Ko‘rdik, foydasi, manfaati juda zo‘r, veksel degan so‘z chiqdi. Uni ham ko‘rdik, benihoyat zarur narsa, kredit, protsent, zavod, kompaniya, yana birmuncha so‘zlar borki, hammasi nuqul foydali narsalar. Sizlarniki-chi? Joriyda, yana nima, majmua!.. Tavba!
– Taqsir, – tushuntirish uchun shoshildi Abdishukur— siz sanagan so‘zlarning ildizi mana shu majmuada… Bolalaringiz majmuani mutolaa qilsa, siz foydali hisoblagan nimarsalardan yana yaxshiroq, mo‘lroq foyda chiqarishga malaka hosil qilgan bo‘ladi.
Hakimboyvachcha “Oyna”ni varaqlab, “madh”ni topa olmaganini Abdishukur sezib, toqatsizlandi, boyvachchaning qo‘lidan kitobchani so‘rab olib, kerakli joyini topdi.
– Mana, o‘qing, Hakim aka! – dedi. Hakimboyvachcha diqqat bilan ichida, o‘qir ekan, yuziga tabassum yoyildi. O‘qib bo‘lib ix-ix-ix, deb kuldi-da, dadasiga qaradi.
– Ovozingni chiqarib o‘qi, nima debdi? – Mirzakarimboy ham qiziqdi.
– Oling, siz o‘qing, – Abdishukurga tutqazdi. Abdishukur oldin yo‘talib, qiroat bilan o‘qidi: «Hamiyatli, saxovatli, taraqqiyparvar boylarimizdan toshkentlik mulla Hakimboyvachcha Mirzakarimboy o‘g‘illari “Oyna”ga o‘n so‘m iona buyurmishlar. Zoti oliylariga joriydamiz chuqur tashakkurotini bildiradi. Bunday fidokorlikning hurmatli musulmon boylarimizga ulug‘ ibrat bo‘lishini tilaydi».
Mirzakarimboy soqolini selkillatib kuldi va bu yozuvdan rozi bo‘lganini bildirdi.
– Durust. O‘n so‘lkovoy yoniga tushadi-ku maqtamaydimi?
– Yo‘q, ota, bu pul birovning karmoniga tushmaydi. Hozir qog‘oz, bosmaxona va hokazo xarajatlar uchun pul yetishmaydi. Chunki “Oyna” oz tarqaladi. Ziyon qilishi ham mumkin.
– Ziyon? —Mirzakarimboyning ko‘zi o‘ynay ketdi – Ziyon ko‘rsa nimala chiqaradi, haligi. olim?
– Musulmonlarning ko‘zlarini ochish va madaniyatga xizmat qilish degan maqsad bor ota! – dedi Abdishukur.
– Xudo har kimga bir kasal yuborar ekan-da. Kimga kerak madaniyat? O‘zi nima degan so‘z? – Chol yana qizishib ketdi.—Alhamdulillo, hammaning ko‘zi ochiq, hamma o‘z ishida, har kim o‘z rizqini tarib, yeb turadi. Oqpodshohning qo‘l ostida tinch yashaymiz, obodonchilik… Madaniyat-da!
– To‘g‘ri, podshohimizning soyasida tinch yashiymiz. Lekin, biz deymizki turmushimizda bir qadar isloh yuzaga chiqsin, bema’ni ishlarni yo‘qotaylik dini islomning ravnaqiga qo‘shish qilaylik. Eski maktablardagi bolalarimizning umr zoe bo‘ladi. Yangi maktablar ochib, Qur’oni karim va boshqa. diniy darslar bilan birga, jug‘rofiya, tarix, hisob kabi ilmlarni ham ta’lim beraylik. Boylarimiz o‘zi yordamda bo‘lsalar, ya’ni maktablarning holidan ogoh bo‘lib tursalar, biz Turkiston musulmonlari tez kunda madaniyat olamiga o‘zimizni tanitgan bo‘lar edik, – dedi Abdishukur.
– Xo‘p, maktablarda kim o‘qiydi? – dedi boy.
– Musulmon bolalari.
– Ha, Eshmat, Toshmatning bolalari o‘qiydi, ilm oladi, nega bunga boylar pul beradi? – Mirzakarimboy ko‘zlaridagi ayyor tabassum bilan Abdishukurga tikildi, so‘ng davom etdi, – Bola o‘qisa, foydasi o‘ziga, keyin ota-onasiga tegadi. Bolalarini o‘qitmoqchi bo‘lganlar xarajatini o‘z zimmalariga olsinlar. Boylarning o‘ziga yarasha ishi bor, tirikchiligi bor, orzu-havasi bor. Keyin, ukam Abdishukur, boylar yaxshilik qilsa ham, xalq minnatdor bo‘lmaydi… Xalqning fe’li ma’lum.
– Isloh, albatta, lozim, – patnisning chetiga barmoqlari bilan chertib, beparvolik bilan so‘zladi Hakimboyvachcha, – bizda har xil bid’at ishlar ko‘p. Biz sartlarning yurish-turishimizni ko‘rib, yevrupoliklarning kapalagi uchadi. Yangi maktablarda o‘qiladigan ilmlar shariatga xilof kelmasa, ulamolar fatvo berishsa, har bir ota o‘z bolasi uchun qo‘ldan kelgancha yordam qiladi, albatta. Hozir eski maktablarimizda bolalar har payshanba non, yo nonning pulini olib boradilar. Bundan boshqa bo‘yra puli, ko‘mir puli, idiliq puli ham bor. Mana shu taomilni qo‘ldan qo‘yish kerak emas. Shunday yangi maktabda ham bolalar non o‘rniga har payshanba kuni besh tiyin, o‘n tiyin pul olib borsinlar. Shunday qilinsa, toma-toma ko‘l bo‘lar, deganday, muallimga birmuncha mablag‘ to‘planib qoladi.
– Yigirmanchi asr talabiga javob beradigan mukammal maktablarni bu usulda tashkil qilish mahol, – dedi Abdishukur, – faraz qilaylikki, shu yo‘lni tutdik. Lekin ko‘p otalar shu juz’iy yordamga, har hafta uch tiyin, besh tiyin berishga ham qodir emaslar. Bunga nima deysiz?
– Besh qo‘l baravar emas, – dedi Hakimboyvachcha, – birov olim, fozil bo‘ladi, birov mardikor, hammol bo‘ladi. Bundan boshqa iloj yo‘q manimcha.
– Har qim o‘qiyversa, podani kim boqadi: – dedi achchiqlanib Mirzakarimboy. – Mardikor, ahli kosib, beva-bechora o‘z qornini