Тасвирий санъат ўқитиш методикаси. Ш.Р. Кобилов

Тасвирий санъат ўқитиш методикаси - Ш.Р. Кобилов


Скачать книгу
i

      SO‘Z BOSHI

      O‘zbekiston mustaqilligi natijasida yuz bergan ijtimoiy va iqtisodiy о‘zgarishlar ta’lim sohasida ham tub islohotlar о‘tkazishni, ta’limtarbiyaviy ishlarni davr talablari darajasiga olib chiqishni taqozo etmoqda. Shu boisdan ham «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning «Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari» qismida ta’limning ijtimoiylashuvi – ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish alohida qayd qilinadi.

      Milliy dasturda kо‘zda tutilganidek, о‘quvchilarning estetik ongini shakllantirish yuzasidan belgilangan vazifalarni amalga oshirishda, ayniqsa, tasviriy san’atdan dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar muhim ahamiyat kasb etadi.

      Inson qadim-qadimdan san’at vositalari yordamida о‘z hayotini gо‘zal qilishga intilgan. Buni anglash uchun avlodlarimizdan meros qolgan me’moriy-madaniy yodgorliklar va tasvirlarga diqqat bilan nazar tashlash kifoya qiladi. Ularning barcha-barchasini rassom, me’mor mehnati mahsuli deyishimiz mumkin.

      Siz ham qо‘lga qalam oldingiz. Istagingiz – biror – bir narsani, voqea yо‘ki hodisani qog‘ozga tushirish. Lekin yuragingizni tо‘lqinlantirgan, chizishga undagan gо‘zallik tasviri о‘ziga о‘xshash chiqmadi. Bu jarayonda qalamni tashlab yuborishga shoshilmang. Sizda, eng avvalo, istak va shijoat bor. O‘zingizda ozgina chidam va qunt topishga erishsangiz, sizdan ajoyib musavvir chiqishiga imonimiz komil.

      Buning uchun diqqatingizga havola etilayotgan kitobni diqqat bilan о‘qib chiqing. Xotira va tasavurdan chizish uchun tavsiya qilinayotgan asosiy qoida va usullarga e’tibor bering. Biz tavsiya etayotgan usullarni о‘zingiz odat qilgan usullar bilan solishtiring. Zero, dunyo tan olgan, о‘zidan о‘lmas asarlar qoldirib ketgan buyuk musavvir Leonardo da Vinchi «Amaliyotga ilmsiz mehr qо‘yadigan kishilar rulsiz yoki kompassiz suzishga kirishayotgan daholarga о‘xshaydilar, chunki ular qayerga ketayotganlarini hech mahal bilmaydilar, shu sababli oldin ilmni о‘rgan, sо‘ngra esa shu ilm orqasidan tug‘ilgan amaliyotga murojaat qil» deya bejiz ta’kidlamagan edi. Shu sababli kitobda tasvirlash san’atiga havas qо‘ygan, rasm chizish san’atini о‘rganishga ahd qilgan yosh – talabalar uchun boshlang‘ich nazariy va amaliy ma’lumotlarni berish, ularni ijodiy faoliyatga yо‘naltirishga harakat qildik. O‘ylaymizki, yosh rassomlar undan о‘ziga kerakli va foydali ma’lumotlarni topadi.

      Qо‘llanmani ishlab chiqishda muallifning ilmiy ish tajribasiga tayanildi. Kitob qalam tasvir fani bо‘yicha mustaqil ta’lim jarayonida quyi bosqich talabalari ijodiy faolligini rivojlantirishga qaratilgan.

      Matnda keltirilgan topshiriq va vazifalari muallif tomonidan ishlab chiqqan tajriba sinov о‘quv dasturi asosida tuzilgan. Qо‘llanmadan san’at kollejlari va litsey о‘quvchilari ham foydalanishi mumkin.

      Namunalar keltirishda talabalar ishlari, internet materiallari hamda mashhur rassom, rassom-pedagoglarning nazaridan о‘tqazilgan mavzularga daxldor rasmlaridan foydalanildi. Bular tavsiya qilingan о‘quv materialining talabalar tomonidan tez egallab olinishi uchun xizmat qilishi shubhasiz.

      I BOB. PEDAGOGIK RASM ASOSLARI

      Pedagogik rasm. Qalamtasvir fanini о‘qitish vazifalari. Qadimgi davrlarda rasm chizish san’ati tarixi. Qadimgi Misr madaniyati va san’ati. Qadimgi Misrda rasm va chizmachilik fan sifatida. Qadimgi grek hamda Uyg‘onish davri rassomlarining rasm chizish san’atini rivojlantirishdagi xizmatlari.

      Pedagogik rasmni о‘qitish vazifalari

      Pedagog rasm – bu mustaqil ahamiyatga ega bо‘lmagan holda pedagogning о‘y- fikrlarini tushuntirish sо‘zi bilan bir qatorda grafik holda ifodalash vositasidir. Bu yerda о‘quv materialini tushuntirish bosh о‘rinni egallaydi, pedagog rasm esa uni tо‘ldiruvchidir. Shu uchun pedagog rasm chizilayotgan qog‘ozda yoki doskada bajarilishi mumkin. Bu yerda eng asosiy narsa uning uslubiy yо‘naltirilganligi bosh о‘rinni egallaydi. Pedagogik rasm о‘rganuvchining chizayotgan ishi chetiga о‘qituvchi tomonidan tez, ishonarli tarzda hamda uning tushuntirish sо‘zi bilan tо‘ldirilgan holda bajarilishi mavzuni aniq, tо‘liq tushunib olishga imkon yaratadi.

      O‘qituvchi talabaning о‘rniga о‘tirib, ishni bajarish ketma-ketligini, uni konstruktiv qurilishini, soya-yorug‘liklarini shtrixlar asosida berishni kо‘rsatishi о‘rganuvchining ijodiy rivojlanishini nafaqat rivojlantiradi, balki aksincha tо‘sib qо‘yadi. Uni о‘z kuchiga ishonmaslik holatini keltirib chiqaradi. Bundan kelib chiqadiki, pedagogik jarayonda о‘qituvchining sо‘zi eng asosiy о‘rinda bо‘lib rasm esa tо‘ldiruvchi vosita hisoblanib, о‘rgatishda muhim о‘rinni egallaydi.

      Sinf doskasida rasm chizish bо‘lajak rassom-pedagoglar uchun muhim ahamiyatga egadir. Doskada rasm chizish kо‘rgazmalilik prinsipining muhim vositalaridan biri bо‘lib hisoblanadi. Yangi mavzuni og‘zaki tushuntirish bilan bir qatorda qisqa muddat ichida chizilgan tasvir о‘quvchilarni idrok qilish jarayonini tezlashtiradi. Chizuvchi doskada shakllarning tuzilish qonuniyatlarini, naturani chizish ketmaketligini chizib kо‘rsatishi zarurdir. Biroq doskada tez, malakali rasm chizish о‘qituvchidan bir qator maxsus mashqlarni bajarishni bu sohada yetarli kо‘nikma va malakaga ega bо‘lishni talab etadi. Bu uchun talabada, eng avvalo, qalamtasvir darslarida olgan bilimlarini amalda namoyish etish zaruriyati tug‘iladi. Ma’lumki qalamtasvir darslarida chiziladigan barcha naturalar ma’lum ketma-ketlik asosida tasvirni qurishni talab qiladi. Sinf doskasida rasm chizish ham xuddi shunday ma’lum ketma-ketlikka rioya qilishni talab etadi. Tasvirni qurish usullarini yaxshi bilish chizuvchining doskada rasmni ishonchli, tez va aniq chiqishi imkonini beradi.

      Xotira va tasavvur asosida rasm chizish kо‘nikma va malakalarini egallash bu о‘rinda muhim ahamiyatga egadir.

      O‘z mohiyatiga kо‘ra doskada rasm chizish turlari quyidagilardir: chiziqli rasm, shtrixli rasm, rangli rasm, tusli rasm.

      Chiziqli rasmda tasvir bir xil qalinlik soya-yorug‘liksiz kо‘rsatiladi.

      Shtrixli hajmda esa rasm chizilayotgan rasmda chiziqli rasm soyayorug‘liklar vositasida hajm berishga, ya’ni asosiy soya-yorug‘liklar kо‘rsatiladi.

      Rangli rasmda chiziqli rasm rangli bо‘rlar yordamida asosiy rang holatlari kо‘rsatiladi. Tusli rasmda esa tasvirning yorug‘ joylari qо‘l, hо‘llangan latta yordamida yorug‘ joylari olinadi.

      Doskada rasm chizishning muhim bir jihati tasvirda chiziqlarning turli yо‘g‘onlikda bо‘lishi, shtrix, tus nuqtalardan foydalanishdir.

      Pedagogik rasm chizish nafaqat sinf doskasida, balki qog‘ozda sous, pastel, kо‘mir, akvarel, tush kabi materiallarda ham chizib kо‘rsatish maqsadga muvofiqdir.

      Tasviriy san’at о‘qituvchisiga dars paytida sinf doskasida bо‘r bilan maishiy buyumlar, о‘simliklar, qushlar, hayvonlar va odam rasmini xotira bо‘yicha bajarishga tо‘g‘ri keladi. U chizgan rasmlar ixcham, ifodali va savodli bо‘lishi kerakki, о‘quvchilar u yoki bu predmet tasvirini timsoliy qabul qila olsin. Shu bois har bir talaba bilim olish davrida sinf doskasida pedagogik rasm chizish texnikasini egallab olishi zarur. Bu jarayonda qisqa muddatli, shtrixli, ancha yirik о‘lchamli turli predmetlarning xomaki rasmlarini chizish tavsiya etiladi. Albomlarda bajarilgan qisqa muddatli rasmlar kuzatuvchanlikni о‘stiruvchi, atrofimizdagi borliqdan tipik va xarakterli bо‘lgan belgilarni topa olishni rivojlantiruvchi, kompozitsiya mazmunini boyituvchi materiallar bо‘lishi bilan muhimdir. Kо‘pincha xayolan bajarilgan biron bir motiv xomaki rasm kompozitsiyasini hal etishda asosiy rol о‘ynaydi. Atrof gо‘zalligi, hayot sahnalari va tabiat hodisalarining xilma-xilligi rassomda doimo kuzatish va chizish, xomaki rasmlarda timsollilikka erishish uchun turli

      a

      b

      d

      1-a,b,d-rasm. Sinf doskasida olma va nokni chizish bosqichlari.

      a

      b

      2 a,b-rasm. Doskada choynakni tasvirlash


Скачать книгу