Elektr va gaz payvandlash. Monografiya. Qodir Abdullayevich Botirov

Elektr va gaz payvandlash. Monografiya - Qodir Abdullayevich Botirov


Скачать книгу
Gaz payvandchining payvandlash posti;

      c) avtomat va yarim avtomatlarda payvandchining payvandlash posti;

      d) Kontakt (ulash) yo‘li bilan payvandlash posti;

      e) Korxonaga oid xavfsizlik texnikasi va yong‘inga qarshi tadbirlar yo‘riqnomasi;

      f) Xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligiga oid plakatlar;

      g) Yong‘inga qarshi shit (taxta);

      h) Shaxsiy ximoya vositalari komplekti (to‘plam);

      i) Payvandlangan buyumlar namunasi.

      O’QUVCHILARNING BILIMLARINI TEKSHIRISH UCHUN NAMUNAVIY TEST SAVOLLAR

      1. Agar payvandlash yoyi nurlaridan tananing ochiq joylarini muhofaza qilinmasa qanday turdagi shikastlanish bo‘ladi?

      a) Kuyish;

      b) Organizmning zaxarlanishi;

      s) Ultra binafsha

      s) Elektr toki urishi.

      2. Nam joylarda ishlaganda qanday oyoq kiyim kiyiladi?

      a) Charmli batinka;

      b) Rezinali batinka;

      s) Kerzli etik.

      3. Quruq xonalarni yoritish uchun elektr tokining qanday kuchlanishi ishlatiladi?

      a) 12 V;

      b) 220 V;

      s) 36 V.

      4. Inson umriga qaysi tok kuchi havfli?

      a) 0,1 A dan yuqori;

      b) 0,1 A dan past;

      s) 0,05 A.

      5. Qaysi nurlar terini kuydirishi mumkin?

      a) Infra qizil;

      b) Gamma nurlari;

      6. Qanday masofada payvandlash yoyining nuri ta’sir qiladi?

      a) 25 m;

      b) 20 m;

      s) 40 m.

      7. Ma’muriy va ishlab chiqarish binolarida yong‘inni suv yordamida o‘chirishi uchun nimalar ko‘zda tutilgan?

      a) O‘t o‘chirish krani;

      b) O‘t o‘chirgich;

      s) Qum solingan sandiq.

      8. Shchitok va maska nima uchun kerak?

      a) Ko‘z va yuzini himoyalash uchun;

      b) Bosh va ko‘zini himoyalash uchun;

      s) Ko‘rish qobiliyatini himoya qilish uchun.

      9. Yerga ulangan sim (zazemleniye) nima uchun ishlatiladi?

      a) Jihoz va payvandchini himoya qilish uchun;

      b) Tok kuchini uzatish uchun;

      s) Yoyni yondirish uchun.

      10. Payvandchining ish joyida yong‘inga qarshi qanday anjomlar bo‘lishi kerak?

      a) Chelak, o‘t o‘chirgich, qum solingan sandiq;

      b) chelak suvi bilan o‘t o‘chirgich;

      s) O‘t o‘chirgich, chelak, qum solingan sandiq, belkurak.

      MAVZU: «ATSITILINLI VA KISLORODLI BALONLARNING TUZULISHI VA VAZIFASI. REDUKTORLARNING NOSOZLIKLARI VA ULARNING BARTARAF ETISH USULLARI»

      MAQSAD: Atsetilen generatori, kislorod balloni va gaz gorelkasini ishga tayyorlashni o‘quvchilarga o‘rgatish

      EGALLANADIGAN AMALIY KO‘NIKMALAR

      – gaz alangasida payvandlovchining ish joyini tashkil etish;

      – atsetilen generatorini ishga tayyorlash;

      – saqlovchi zatvorni ishga tayyorlash;

      – kislorod ballonini ishga tayyorlash;

      – kislorod reduktorini ishga tayyorlash;

      – gaz gorelkasini ishga tayyorlash.

      SHAKLLANADIGAN NAZARIY BILIMLAR

      – gaz alangasida payvandlovchining ish joyini tashkil etish qoidalari;

      – atsetilen generatorining tuzilishi va ishlash prinsipi;

      – saqlovchi zatvorning tuzilishi va ishlash prinsipi;

      – atsetilen generatoriga xizmat ko‘rsatishning asosiy usullari;

      – kislorod balloniga xizmat ko‘rsatishning asosiy usullari;

      – kislorod reduktoriga xizmat ko‘rsatishning asosiy usullari;

      – gaz gorelkasiga xizmat ko‘rsatishning asosiy usullari.

      MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR

      Kislorod ballonini ishga tayyorlash. Gaz bilan payvandlash va kesish uchun kislorod 150 va 150L tipidagi po‘lat ballonlarda keltiriladi. Kislorod balloni (1-rasm) po‘latdan butun yasalgan silindrik idish (3) dir, uning tubi (1) qavariq bo‘lib unga boshmoq (2) presslangan; yuqoridan ballon bo‘g‘iz (4) bilan yakunlandi. Bo‘g‘izda konus shaklida teshik bo‘lib, unga qulfli ventil (5) buralgan. Bo‘g‘izga ventilni himoya qilish maqsadida saqlovchi qalpoq 3 (6) buraladi.Gaz bilan payvandlash va kesishda ishlatiladigan ballonlar 40 dm3 sig‘imga ega. Bu ballonlarning o‘lchamlari quyidagicha: tashqi diametri-219 mm, devorlari qalinligi-7 mm, balandligi-1390 mm, og‘irligi gazsiz-67 kg.

      Reduktorlar.

      Teskari ta’sir qiluvchi reduktor (2-rasm, a) quyidagicha ishlaydi. Siqilgan gaz ballondan yuqori bosimli kamera (8) ga o‘tadi va klapan (9) ni ochilishiga qarshilik ko‘rsatadi. Gorelkaga yoki rezakga gazni yuborish uchun qopqoqga o‘rnatilgan sozlovchi vint (2) ni soat strelkasi yo‘nalishi bo‘ylab buraladi. Vint (2) siquvchi purjina (3) ni siqadi, o‘z navbatida egiluvchan rezina membrana (4) ni yuqoriga egadi. Bunda uzatuvchi disk shtogi bilan birga teskari prujina (7) ni siqadi va klapan (9) ni ko‘tarib, gazni past bosimli kamera (13) ga o‘tishi uchun teshikni ochadi. Klapanni ochilishiga kameradagi yuqori bosimli gaz bilan birga prujina (7) ham to‘sqinlik qiladi.

      Tanlangan bosimni avtomatik ushlab turilishi quyidagicha sodir bo‘ladi: agar gorelka yoki keskichga gaz uzatilishi kamaysa, past bosimli kamerada gaz bosimi ortadi, prujina (3) siqiladi va membrana (4) to‘g‘rilanadi (tekislanadi), uzatuvchi disk shtogi (5) bilan pastga tushadi va klapan (9) prujina (7) ta’sirida past bosimli kameraga gaz o‘tishini kamaytirib, klapan (10) egarini berkitadi. Gazni uzatilishi (ishlatilishi) ortganda bu jarayon avtomatik ravishda qaytariladi.

      Yuqori bosimli kamera (8) dagi bosim monometr (16) bilan, past bosimli kamera (13) dagi bosim esa monometr (11) bilan o‘lchanadi. Agar ish kamerada bosim normadan ortib ketsa, saqlovchi klapan (12) yordamida atmosferaga chiqarib yuboriladi.

      To‘g‘ri ta’sir qiluvchi reduktorlar. (2-rasm b) da gaz shtutser (3) orqali yuqori bosimli kamera (6) ga o‘tadi va klapan (7) ga ta’sir ko‘rsatib uni ochishga harakat qiladi (teskari ta’sir qiluvchi reduktorlarda esa yopishga harakat qiladi). Reduksiyalovchi klapan (7) qulfli prujina (5) ning egariga suyanadi va yuqori bosimli gazni o‘tishga to‘sqinlik qiladi. Membrana (1) reduksiyalovchi klapan (7) ni egardan surishga va yuqori bosimli gazni past bosimli gaz kamerasi (10) ga ochib o‘tkazishga harakat qiladi. O‘z navbatida membrana (1) o‘zaro qarama-qarshi ikki kuch ta’sirida turadi. Tashqi tomondan membrana 1 ga bosuvchi (siquvchi) vint (12) orqali siquvchi prujina (11) ta’sir qiladi, u o‘z navbatida reduksiyalovchi klapan (7) ni ochishga harakat qiladi. Reduktor kamerasining ichki tomonidan esa membranaga siquvchi prujina (11) ga qarshi ta’sir qiluvchi past bosimli gaz ta’sir qiladi. Ish (past bosimli) kamerada bosim kamayganda siquvchi prujina (11) to‘g‘rilanadi


Скачать книгу