Капитан Грант болалари. Жюль Верн

Капитан Грант болалари - Жюль Верн


Скачать книгу
qutbgacha cho‘zilib ketadimi yoki Dreyk degan sizning vatandoshlaringiz taxmin qilgandek, ochiq dengizga chiqadimi – mana shuni bilishga qiziqqan bo‘lardim. Xullas, ishonamanki, Robert Grant bilan Jak Paganel o‘n yettinchi asrda yashagan bo‘lsalar, bu geografik jumboqni hal qilishga intilib albatta Sxouten bilan Lemer ketidan ketgan bo‘lardilar.

      ‒ Ular olimlar edimi? – deb so‘radi Elen.

      ‒ Yo‘q ular kashfiyotlarning ilmiy jihati bilan kam qiziqqan oddiy komersantlar edi. U vaqtlar Gollandiyada Ost-Indiya kompaniyasi mavjud bo‘lib, Magellan bo‘g‘ozi orqali tovar olib o‘tish huquqiga faqat shu kompaniyagina haqli edi. Osiyoga olib boradigan bundan boshqa yo‘lni bilishmaganidan, bo‘g‘oz Ost-Indiya kompaniyasining haqiqiy monopoliyasi edi. Shu sababdan bir qancha kommersantlar boshqa bo‘g‘oz topish orqali Ots-Indiya kompaniyasi bilan kurash olib borish payiga tushdilar. Bu kommersantlar orasida Isaak Lemer degan aqlli va bilimli kishi bor edi. U o‘z hisobidan ekspeditsiya tashkil qilib, unga jiyani Yakov Lemer bilan gornlik tajribakor dengizchi Sxoutenni bosh qilib qo‘yadi. Bu jasur sayyohlar Magellandan deyarli yuz yil keyin, 1615-yilning iyun oyida yo‘lga chiqadilar. Ular Shtatlar territoriyasi bilan Olovli Yer o‘rtasida keyinchalik Lemer bo‘g‘ozi deb atalgan bo‘g‘ozni kashf etdilar. 1616-yilning fevralida esa ular hozir juda mashhur bo‘lgan Gorn burunini aylanib o‘tdilar; bu burunda Bo‘ronlar buruni deb nom chiqargan Yaxshi Umid burniga qaraganda ham qattiqroq bo‘ron quturib yotardi.

      ‒ Eh, qani endi men ham o‘shalar bilan birga bo‘lsam! – deb yubordi Robert.

      ‒ O‘g‘lim, ular bilan birga bo‘lganingda unutilmas shodiyona daqiqalarni boshdan kechirgan bo‘larding! – dedi qizg‘inlik bilan Paganel. – Chindan ham, dunyo xaritasiga o‘z kashfiyotini tushirayotgan dengizchining mamnunligi va sevinchidan ham ortiq narsa bo‘larmikin! Ko‘z oldida go‘yo sekin-asta dengiz to‘lqinlari orasidan chiqib kelib, yangi-yangi yerlar, orollar, burunlar bunyod bo‘layotganday tuyuladi. Dastlab bu yangi yerlar sal-pal ko‘zga chalinadi, bo‘lak-bo‘lak bo‘lib ko‘rinadi, ularni aniq ajratib, ilg‘ab olib bo‘lmaydi: bir chetda sho‘ppayib chiqqan yolg‘iz burun ko‘rinib qoladi, bir tarafda buxta, yana bir tarafda uzoqdan ko‘rfaz ko‘zga tashlanadi. Lekin vaqti kelib, kashfiyotlar biri-birini to‘ldiradi, kartadagi uzuq-yuluq chiziqlar ulanib ketadi, undagi nuqtalar o‘rnida aniq chiziqlar paydo bo‘ladi; bu burunlar ma’lum bir joyda quruqlikka tutashadi burunlar ma’lum bir yerdan joy oladi, shu tarzda sekin-asta globusda butun boshli qit’aning qiyofasi paydo bo‘ladi, unda yangi qit’aning butun ko‘llari, daryolari, anhorlari, tog‘lari, vodiylari, pasttekisliklari, qishloqlari, shaharlari, poytaxtlari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Oh, do‘stlarim, yangi yer ochgan kishi – bir kashfiyotchi! U ham kashfiyotchining hayajonlarini, hech kutilmagan hollarni boshidan kechiradi. Lekin bizning davrimizda bunday kashfiyotlar manbai tamom bo‘lgan: hamma yoqni ko‘rib, tekshirib kashf qilish mumkin bo‘lgan narsalarni kashf qilib bo‘lganlar, bizday hozirgi geograflarga qiladigan ish qolmagan.

      ‒ Yo‘q, aziz Paganel, – deb e’tiroz bildirdi Glenarvan. – Hali qilinadigan ish bor.

      ‒ Nima ekan u?

      ‒ Biz qilayotgan ish-da!

      «Dunkan» esa Vespuchchi va Magellan o‘tgan yo‘llardan shitob bilan suzib bormoqda edi. 15-sentabrda kema Jaddiy tropigidan o‘tib, mashhur bo‘g‘ozga qarab yo‘l oldi. Bir necha bor ufqda Patagoniyaning past sohillari sal-pal ko‘zga ilg‘ab qoldi. Kema bu sohillardan o‘n mildan ham ortiqroq masofadan o‘tib borardi, shuning uchun o‘zining ajoyib dengiz trubasidan sohilni ko‘rishga harakat qilgan Paganel ham Amerika qirg‘oqlari to‘g‘risida tuzukroq bir taassurot ololmadi.

      25-sentabrda «Dunkan» Magellan bo‘g‘oziga yetib keldi. Yosh kapitan kemani bo‘g‘ozga dadillik bilan olib kirdi. Tinch okeanga ketayotgan kemalar odatda shu yo‘ldan o‘tadilar. Magellan bo‘g‘ozining uzunligi nihoyati uch yuz yetmish olti mil keladi. U shunchalik chuqurki, hatto eng katta kemalar ham shunday sohilning yonidan bemalol suzib o‘ta oladilar. Bo‘g‘ozning tagi kemalarning langar tashlab turishi uchun juda qulay. Uning sohillarida chuchuk suv manbalari, baliqqa boy daryolar, yovvoyi parrandaga boy o‘rmonlar juda ko‘p, kirish oson va xavfsiz bo‘lgan bir qator limanlar43 bor. Qisqasi, bu yerda doim bo‘ron va dovul quturib yotgan, haybatli qoyalari ko‘p Gorn burunida ham, Lemer bo‘g‘ozida ham yo‘q bo‘lgan qulayliklar juda ko‘p edi.

      Magellan bo‘g‘ozidan o‘tishda dastlabki soatlardagi, ya’ni Gregori burunigacha bo‘lgan taxminan oltmish-sakson mil yo‘ldagi sohil past va qumloq yerlardan iborat. Jak Paganel sohilning biror qarich joyini, bo‘g‘ozning bironta detalini qo‘ymay ko‘rib o‘tishga tirishar edi. Bo‘g‘ozdan o‘tish uchun o‘ttiz olti soatdan kamroq vaqt ketardi, shuning uchun jozibali janub quyoshining nurlari ostida tovlangan har ikki sohilning go‘zal manzarasi zavq bilan ko‘z uzmay tomosha qilishga haqiqatan ham arzir edi. Shimoliy sohilda bironta ham odam ko‘rinmas, Olovli Yerning yalang‘och qoyalari ustida esa bir nechagina shu yerli odamlar kezib yurishar edi.

      Paganel bironta ham patagoniyalikni uchratmaganiga achindi, olim bunga qattiq xafa bo‘lar, uning yo‘ldoshlari esa bundan juda zavqlanishardi.

      ‒ Patagoniyaliklarsiz qanday Patagoniya bo‘ldi bu! – deb takrorlardi u achchig‘lanib.

      ‒ Sabr qiling, hurmatli geograf, hali patagoniyaliklarni ko‘p ko‘ramiz, – deb unga dalda berar edi Glenarvan.

      ‒ Men bunga ishonmay qo‘ydim.

      ‒ Ular mavjud-ku, axir, – dedi Elen.

      ‒ Birontasini ham ko‘rmaganimdan keyin bunga shubhalanib qoldim, xonim.

      ‒ Har holda ispanchada «katta oyoqlar» degan ma’noni bildiradigan «patagoniyaliklar» xayoliy odamlar emas-ku.

      ‒ E! Ism hech narsani bildirmaydi hali! – deb tortishuvni qizitish uchun qaysarlik bilan so‘zida turib oldi Paganel. – Lekin, rostimni aytsam, ularning ismi qanday ekani ham noma’lum.

      ‒ Ana xolos! – dedi Glenarvan. – Mayor, siz buni bilarmidingiz?

      ‒ Yo‘q, – deb javob berdi Mak-Nabbs, – buni bilish uchun bir funt shotland sterlingi ham bermagan bo‘lardim.

      ‒ O‘shanday bo‘lsa ham hozir shu to‘g‘rida ba’zi gaplarni eshitasiz, odamning beparvosi! – dedi Paganel. – To‘g‘ri, Magellan bu yerli odamlarni patagoniyaliklar deb atagan, lekin fidjinliklar ularni tiremeneylar deb, chililiklar koukalular deb, Karmen koloniyachilari – teguelxlar deb, araukanliklar – uilixlar deb atashadi. Bugenvil ularni chauxlar deb atagan. Ularning o‘zlari esa o‘zlarini umumiy ism bilan ipakslar deb ataydilar44. Ana endi menga shuni ayting: bularning qaysi biri rost, shunday ko‘p ism bilan ataladigan xalq bo‘lishi mumkinmi?

      ‒ Ana dadil-u! – deb yubordi Elen.

      ‒ Shunday deb ham faraz qilaylik, – dedi Glenarvan, – lekin do‘stimiz Paganel patagoniyaliklarning ismi masalasida shubhalar bo‘lsa ham, juda bo‘lmaganda, ularning bo‘yi masalasida har xil fikrlar yo‘qligini e’tirof qilar, deb o‘ylayman.

      ‒ Bunday fikrni men mutlaqo tasdiqlay olmayman! – dedi Paganel.

      ‒ Ular baland bo‘yli bo‘ladi, – deb o‘z fikrida turib oldi Glenarvan.

      ‒ Bu menga noma’lum.

      ‒ Demak, past bo‘yli ekan-da? – deb so‘radi Elen.

      ‒ Buni ham hech kim tasdiqlay olmaydi.

      ‒ Bo‘lmasa o‘rta bo‘yli odamlar bo‘ladi-da, – dedi hammani kelishtirib qo‘yish uchun Mak-Nabbs.

      ‒ Menga bunisi ham noma’lum.

      ‒ Yo‘g‘-e, o‘jarlikni juda oshirib yubordingiz! – dedi Glenarvan, – ularni ko‘rgan sayyohlar…

      ‒ Ularni ko‘rgan sayyohlar, – deb uning so‘zini bo‘ldi Paganel, – har xil fikr aytadilar. Masalan, Magellan mening bo‘yim zo‘rg‘a ularning belidan keldi deydi…

      ‒


Скачать книгу

<p>43</p>

Liman – ko‘rfaz, qo‘ltiq.

<p>44</p>

XVIII – XIX asr geograflari asarlarida Janubiy Amerikaning etnografik nomlari bo‘yicha chalkashliklar mavjud edi. O‘sha paytlarda Patagoniya Buenos-Ayres kengligidan Olovli Yergacha bo‘lgan hududning nomi bo‘lgan. Aslini olganda, patagoniyaliklar texuelche hindular guruhi bo‘lib, ular shimoliy va janubiy to‘dalarga bo‘lingan (Muharrir).