Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Марк Твен

Tom Soyerning boshidan kechirganlari - Марк Твен


Скачать книгу
yana bir yurgizib chiqqandan so‘ng, biroz orqaga chekinib, o‘zining qilgan ishiga tikilib qarab qo‘ydi. Ben o‘z kemasini yaqinroq olib kelib, uning bilan yonma-yon turdi. Uning qo‘lidagi olmasini ko‘rib Tomning og‘zidan so‘lakayi oqa boshlagan bo‘lsa hamki, u zo‘r berib ishlay berdi.

      Nihoyat, Ben so‘z ochib:

      – Do‘stim, kampir seni ishga solib qo‘ydimi? Iloj yo‘q, ishlash kerak, – dedi.

      – Ey, sen Benmisan? Men sening kelganingni payqamay qolibman.

      – Menga qara, hoy, men cho‘milishga ketayotirman! Sening ham cho‘milging kelayotgandir-a? Lekin sen bu yerda ishlashing kerak, shunday emasmi? Albatta shunday-da!

      Tom unga qaradida:

      – Sen ish deb nimani aytyapsan? – dedi.

      – Axir, bu ish emasmi?

      Tom qaytadan oqlash ishiga tutinar ekan, beparvolik bilan:

      – Balki shundaydir, balki bunday emasdir, har holda bu ish, Tom Soyerning ko‘nglidagidek ish, – dedi.

      – Qo‘ysangchi behuda gapni, har holda sen shu qilayotgan ishingni yoqtiraman deb ayta olmaysanku?

      Tomning qo‘lidagi cho‘tka devor yuzida to‘xtovsiz yurib turar edi.

      – Yoqtirmaysan deysanmi? Nega yoqtirmayin, bolalarga bunday devor oqlash ishi har kun nasib bo‘lavermaydi-ku?

      Ish boshqacha tus oldi. Ben olma yeyishdan to‘xtadi. Tom qo‘lidagi cho‘tkasini yengillik bilan yurgizar va damba-dam orqaga tislanib borib, maroq bilan qilgan ishini kuzatar, chala yerlarini topgandek cho‘tkani yana u yer, bu yerga tekizib qo‘yar va o‘zining qilgan ishini yana qayta-qayta ko‘zdan kechirar edi. Ben esa, uning har bir harakatini kuzatar, borgan sari uning qiliqlariga berilib, ko‘zini uzmay qiziqib qarab turar edi.

      Nihoyat, u Tomga:

      – Menga qara, Tom cho‘tkangni ber, men ham biroz oqlab ko‘ray! – dedi.

      Tom biroz o‘ylanib turgandan keyin, go‘yo rozi bo‘lgandek bo‘ldi, biroq keyin o‘zining bu fikridan qaytib:

      – Yo‘q, yo‘q, Ben, bu ish qo‘lingdan kelmaydi, deb o‘ylayman. O‘zing bilasan-ku, mening Polli xolam aytganini qildiradigan xotin. Bu devor ko‘cha tomonga qaraydi, hovli ichida bo‘lganida ham bir gap edi. Bu ko‘cha tomon, shuning uchun buni juda hafsala bilan oqlash kerak. Mening fikrimcha, bir ming, hatto ikki ming bolaning ichidan ham buni tuzukkina qilib oqlay oladigan topilmas, deb o‘ylayman.

      – Qo‘ysang-chi? Nahotki, shuni hech kim qilolmasa! Qani, menga ber-chi, ozgina urinib ko‘ray. Agar men sening o‘rningda bo‘lsam, darrov berar edim. Nima deding, Tom?

      – Ben, men senga jonim bilan berar edim-u, Polli xolam bor-da… Ana, Jim ham shu ishni qilmoqchi bo‘lgan edi, xolam unga ruxsat bermadi. Sid ham so‘radi, unga ham yo‘l qo‘ymadi. Endi shu ishni birovning qo‘liga ishonib topshirib qo‘yish meninguchun qanday qiyin, o‘zing tushunasan-ku! Sen bu ishni qilsang-da, biror yerini yomon qilib qo‘ysang…

      – Bekor gap! Men sendek ishlashga tirishaman. Kel, beraqol endi, bir ishlab ko‘ray-chi! Menga qara, agar xo‘p desang, senga olmaning bir bo‘lagini beraman.

      – Ha, xo‘p kel! Yo‘q, yo‘q. Ben, qo‘y, shu gapni aytma, men juda qo‘rqaman…

      – Men senga hamma olmamni beraman. Qo‘limda qolgan olmamning hammasini…

      Tom, istar-istamas, lekin ichidan sevinib, qo‘lidagi cho‘tkani unga berdi. Avval «Ulug‘ Missuri» paroxodi bo‘lgan bola quyoshda kuyib, terlab, mehnat qilib turar ekan, Tom soyadagi gul tuvak ustida oyoqlarini o‘ynatib, olmani kavshab, tomosha qilar, bundan boshqa landavurlarni qo‘lga tushirishuchun tuzoq qo‘yib o‘tirar edi. Bunday qurbonlar esa juda ko‘p edi: bolalar devor yoniga kelib turishar, ular biroz tomosha qilib ketmoqchi bo‘lib kelganlari holda, shu yerda turib qolib, devor oqlashga kirishar edilar. Ben devor oqlay berib tamom charchagan vaqtda, Tom ishning ikkinchi navbatini Billi Fisher degan bolaga bir qog‘oz varaqqa sotdi. Fisher charchagandan keyin, uning o‘rniga Jonni Miller kelib, buning uchun bir o‘lik kalamush va uning dumidan bog‘lab osiltirib yurish uchun bir ip ham berdi. Shu tartibda, har bir soatda bu ishning havaskorlari o‘z-o‘zidan kelib, almashinib turdilar. Kun tush payti bo‘lganida, ertalab hech narsasi yo‘q bechora Tom, turli zeb-ziynat narsalarga ega bo‘lib, boyib ketdi. Yuqorida aytilgan boyliklardan tashqari unda endi: o‘n ikkita marmar soqqa, bir hushtak, ko‘zga tutib qarash uchun ko‘k shishaning sinig‘i, g‘altakdan ishlangan zambarak, hech bir qulfni ocha olmaydigan bitta kalit, bir parcha bo‘r, bir grafin qopqog‘i, qalayi soldatcha, ikkita itbaliq, oltita shaqildoq, bir ko‘zi yo‘q mushuk bola, eshikning mis dastasi, bir it bo‘yin bog‘i, – faqat itning o‘zi yo‘q edi, – bir pichoq dastasi, to‘rtta apelsin po‘stlog‘i va eski deraza romi bor edi. U ko‘pchilik o‘rtasida hech bir ish qilmasdan, vaqtini juda xursandchilik bilan o‘tkazdi, devor esa ohak bilan ustma-ust uch karra oqlandi! Agar uning ohagi yetadigan bo‘lsa, u shahardagi hamma bolalarning barcha narsalarini shilib olishi aniq edi.

      Tom o‘z-o‘ziga: «Bu hayot deganlarini u qadar ma’nosiz va arzimaydigan narsa deb bo‘lmaydi», derdi. Odamlarning xulqi va atvoriga qarab buyuk qonuniyatni ochganini o‘zi ham bilmay qoldi: masalan, biror odam yoki biror bola biror narsaning egasi bo‘lmoqni orzu qilsa, u odam bu narsaga mumkin qadar qiyinlik bilan erishsin.

      Uchinchi bob

      URUSH VA SEVGI BILAN MASHG‘UL BO‘LISH

      Tom Polli xolaning oldiga kelganida, xolasi ham yotoqxona, ham ovqatxona, ham ishxona bo‘lib xizmat etadigan orqa tomondagi bejirim bo‘lmaning lang ochiq derazasi yonida o‘tirar edi.

      Barakali yoz havosi uyda hukm surgan jimjitlik, gullarning xushbo‘y hidlari, asalarilarning allalovchi g‘o‘ng‘irlashlari Polli xolaga o‘z ta’sirini o‘tkazar edi: u to‘qib o‘tirgan ishi ustidan mudrab o‘tirar, birdan-bir sherigi bo‘lgan mushuk ham uning tizzasida pinakka ketgan edi. Uning ehtiyotdan peshonasiga ko‘tarib qo‘ygan ko‘zoynagi ustiga oq sochlari tushib turar edi. Tomning allaqachon qochib ketganiga u albatta ishongan va Tomning qachon qo‘lga tushishini bilgisi kelardi. Birdaniga Tomning ovozi eshitilib qoldi:

      – Men endi o‘ynagani borsam maylimi?

      – Nima uchun? Darrov-a? Xo‘sh, qancha joyni oqartirding?

      – Hammasi bo‘ldi, xola.

      – Tom! Aldama! Men yolg‘onni yomon ko‘raman!

      – Yolg‘on so‘zlayotganim yo‘q, xola, buyurganishingizning hammasi tamom bo‘ldi.

      Polli xola ishonmadi.

      U borib, o‘z ko‘zi bilan ko‘rib kelish uchun ketdi; u, Tom aytgan so‘zning loaqal yigirma foyizi rost chiqsa ham juda xursand bo‘lur edi. U borib ko‘rarkan, devorning hammasi boshdan oyoq juda yaxshilab – qalin qilib oqlanganiga, hatto devorning ostidagi yerga ham ko‘ndalangiga oq tasma tushirilganiga juda hayron qoldi.

      – Obbo, azamatey, men hecham bunday bo‘lar, deb o‘ylamagan edim… Tom, men senga insof bilan aytishim kerak, agar sen sidqidil ishlasang, har qanday ishni ham eplay olar ekansan. – Shu yerda u, maqtovning hovrini biroz pasaytirmoqchi bo‘ldi va ilova qildi: – Lekin bu g‘ayratingni kamdan kam ko‘rsatasan. Buni aytib o‘tish kerak. Bor, o‘yna, faqat shuni bilgin, uyga kech qolmay, vaqtida yetib kel, bo‘lmasa men seni…

      Polli xola uning g‘ayratidan shunday shodlangan ediki, uni qaznoqqa olib kirib, halollik bilan ishlashning o‘z lazzati bo‘lishi haqida uzoq so‘zlab, unga eng yaxshi olmadan bittasini tanlab berdi. Tom esa shu orada xolasiga ko‘rsatmay, shirin nondan bittasini o‘g‘irlab oldi.

      U yugurganicha tashqariga chiqqan edi, Sidni ko‘rib qoldi. Sid endigina zinadan chiqib bormoqda edi. Bu zina binoning tashqarisida bo‘lib, yuqori qavatning orqa tomonidagi uylarga olib chiqardi. Tomning qo‘lida otishga chog‘langan bir qancha kesak bo‘lib, darhol ularni


Скачать книгу