Hikoyalar karvoni. Sardor Kurbanov
koyalar karvoni
Sardor Kurbanov
© Sardor Kurbanov, 2023
ISBN 978-5-0060-3432-7
Created with Ridero smart publishing system
Adashilgan afzallik
1995-yil. Shamsiddin 15 yoshlarda.
Shamsiddin honasida chet el ashulalarini baqirtirib qo’ygan edi. Bu ashulalar honadan ham tashqariga chiqib, uyni o’z avjiga ko’targan edi. Shamsiddinning bobosi kelib honani taqillatdi, ammo ichkaridan hech qanaqa javob qaytmadi, qaytganda ham hech nima eshitilmas edi. Bobosi eshikni ochdi va ichkariga kirdi. Honaga kirganida esa, ichkarida nevarasi shunchaki yotar edi. Shamsiddin bobosini ko’rib, tez o’rnidan turdi va ashulani eshitar-eshitmas qilib pasaytirib qo’ydi. Bobosi erkalab koyib qo’ydi, buncha bu g’alati baqiroq ashulalarni baqirtirib eshitishini. Shamsiddin esa bundan keyin o’rnidan turdi va borib umuman ashulani o’chirib tashladi. Bobosining bunaqa gapidan hijolat bo’lgani uchun shunaqa qilganini anglab turardi, ammo bobosi ketgandan so’ng yana shu ashulalariga qaytishini ichidan o’ziga-o’zi qaror qilib qo’ygandi.
– Bolam, bugun ubu rejalaring yo’qmidi mobodo? – bobosi.
– Bugun bobo, do’stlarim bilan kino ko’rmoqchimiz – Shamsiddin
– Yana o’sha o’tgan safarga o’xshagan, bizning o’zimizga to’g’ri kelmaydigan hayot tarzini ko’rsatadigan kinolarmi?
– Kinoga o’xshagan kino ular bobo, do’stlarim bilan san’atdan bahra olamiz bobo – hijolat bo’lib gapirdi Shamsiddin
– Mayli bolam, bugun ham taklif bilan kelgan edim. Bir paytlar kichkinaligingda eshitishni yoqtirganingdaka, hayotimdan har xil hikoyalar aytib beraymi yoki kitoblar o’qib beraymi, deya kelgan edim.
– Bilmasam bobo, do’stlarim bilan kelishib qo’ygan edim – deya Shamsiddin biroz sukunatdan keyin javob berib qo’ydi. Bobosi ham uning do’stlari bilan kelishib qo’ygani uchunmas, o’zidan hohish tashqariga oldindaka otilmayotganini ko’rib, mayli, deb qo’ya qoldi.
Shamsiddin bobosi ketgandan so’ng, bobosining har hafta shunaqa kelib harakat qilayotganini eslar, negadir rostan ham, kichkinaligidaka bobosining hikoyalari va o’qib beradigan kitoblari unda qiziqish uyg’otmayotganlarini ham anglab yetar edi. Aniqrog’i u buni ancha oldin anglab yetgan edi, ammo yana o’sha paytlarga qaytishga qiziqish paydo ham qilmas edi.
2015-yil. Shamsiddin 35 yoshda.
Shamsiddin ishhonadan qaytib kelyapdi. U metroda kelar ekan, qo’lida kitob bilan iloji boricha vaqtni unumli o’tqizishga harakat qilardi. Lekin qancha harakat qilmasin, faqat shu ishga borganda va qaytganda vaqt bor, ish payti esa vaqtni albatta ishga ajratish kerak. U kitobni o’qir ekan, hayollaridan xotiralar ham shamolday kezib o’tib ketar edi. U eslashda davom etar edi, bolaligida, balog’atga yetganida, o’spirin yigitligida qancha vaqti bor edi, lekin ularni nimalarga sarfladi. Javobi esa atrofida edi. Ko’zini biroz ko’tarib metrodagilarga nigoh tushirdi. Atrofdagilar esa band edilar, telefon bilan band edilar, albatta hammasi emas, biroq ko’pchiligidir. Telefonda esa yoshlar, hatto ba’zi yoshi kattalar, o’g’il bola va qizlar, hammasi telefonda nimadir kino ko’rish bilan, klip ko’rish bilan, serial ko’rish bilan, o’yinlar va ilovalar bilan mashg’ul edilar. Bu narsa unga yana o’zining o’tmishini eslatdi, hozir esa umrini ancha qismini o’tkazib yuborgani, ha yashamagani, o’tkazib yuborgani yana tamg’adaka peshonasiga yopishtirilganligi esiga tushdi. U bir xil insonlarni quloqchinda ko’rib qaror chiqarishda shoshilmas edi, chunki ba’zida o’zi ham quloqchinda audiokitob eshitishni yaxshi ko’rardi. To’g’ri yana ba’zilar telefonda kitob o’qishar edi, ammo kitob o’qigan va boshqa narsa bilan shug’ullangan odam yaqqol ko’rinib turardi.
Shamsiddin uyiga keldi. Farzandlaridan biri telefonni ilovasida har xil videolarni ko’rib o’tiribdi. U o’g’liga gapirdi, “koshki edi onda-sonda chalg’ish uchun tomosha qilsang, ammo har kuni vaqtingni shunda sarflashing shartmas-ku”, dedi. O’g’li ham, “hech nima qilmaydiku dada”, dedi va yig’ishtirdi, lekin Shamsiddin yonidan ketishi bilan tezda yana telefonga yopishib oldi. Ikkinchi farzandi esa kompyuter oldida o’tirardi va kompyuter o’yinlarini o’ynar edi. Qo’shimchasiga har xil ma’noli ashulalarni ovozini ko’tarib qo’ygan edi. Unga ham, “bu o’yinlarni kuniga bir soatdan o’ynash oshmasin, deb gapirmaganmidim o’g’lim, keyin faqat bo’lar bo’lmas ashulalarni eshitma demaganmidim”, deb sal jiddiy gapirdi. Buni ko’rgan o’g’li tez kompyuterni va ashulani o’chirdi. Oshxonaga borishi bilan ko’zi yoniq turgan televizor, undagi qanaqadir g’arb seriali, buni tomosha qilib o’tirgan hotini va qiziga tushdi. Bu holni yillar davomida kuzatib kelayotgan bo’lgani uchunmi, balki televizorda serialning qahramonlari qiz bola va o’g’il bola ochiq-sochiq kiyinib, “sevgimiz abadiy bo’lsin”, deya kechqurun sayr qilib yurganlarini hotini kichkina qiziga ham ko’rsatib o’tirgani uchunmi jahli vulqonga o’xshab otildi. Stol ustida turgan idishlarni sindirib tashlagisi keldi, ammo o’zini qo’lga oldi. “Men senga kichkina qizimiz bilan bunaqa seriallarni tomosha qilma, demaganmidim” dedi. Hotini esa, “dadasi azgina ko’ryabmiz”, dedi. Shamsiddin, “o’chir televizorni”, dedi. Televizor o’chgan edi, qizi yig’lay boshladi, ko’rgisi kelayotganini harhasha qilib. Nimagadir Shamsiddinda tuzatib bo’lmaydigan hissiyotning paydo bo’la boshladi. O’z vaqtida bobosi unga sal kam har kuni kelib to’g’ri narsani ko’rsatishga harakat qilardi. Hozir shu damlarni esiga soldi va o’sha vaqtlar, o’tmishni orqaga qaytarmoqchi bo’ldi. Ammo teran fikrlab olgan inson sifatida tushunib yetardiki, buning iloji yo’q. Tushunib yetardiki, Alloh vaqtida hammaga imkon beradi, unga ham imkon berilgan edi, balki yana imkon berilar, Shamsiddin buni bilmas edi, bu faqat Allohga ayon edi. U o’ylab qoldi, balki bunaqa umidsizlik bilan Alloh ko’rsatib qo’ymoqchidir, o’z vaqtida bobosini qanaqa umidsizlikka tushurganini, balki sinovdir, balki jazodir. Shamsiddin bularning sababini qidirar edi, vaqtida ota-onasini biznesga berilib ketishi va Shamsiddin bilan unaqa jiddiy shug’ullanishmaganidir yoki o’zi umuman haqiqiy narsalarni ilg’amaganidir. Ichidan qaysidir tarafdan bu shunchaki oddiy narsalar, bular hayotingni bulg’amaydi, degan ovoz kelardi. Boshqa tarafdan esa, zalolatni ko’pchiligi shu oddiy narsalardan boshlanadi, degan ovoz kelar edi. U o’zini charchaganini his qildi va hech nima yemasdan uhlashga qaror qildi.
2035-yil. Shamsiddin 55 yoshda.
Juma kuni edi. Shamsiddin sochlari oqarib, qarilik chegarasiga borib qolgan edi. U jumadan qaytayotgan edi. Har jumada duolarni tilash vaqti ko’p bo’lar edi. Bu safar ham kam duo qilmadimi ekan, deb hayol surib uyiga keldi. Uyga kelsa hech kim yo’q. Qizini turmushga chiqargan, ikkita o’g’lini uylantirgan edi. Hotini har kuni dugonalari bilan gapda, ikkita o’g’lini o’zi ham, hotinlari ham ishga berilib ketishgan va kuni bilan uyda bo’lishmaydi, o’zi esa nafaqada ilm olish bilan ovora. Har doimgi yashash ahvoli.
Biror soat o’tdi va nevaralari maktab va o’qishdan kela boshladi. Birlari 10 yosh, birlari 16—17 yoshlar atrofida. Kelishlari bilan Shamsiddin bobosining oldiga yugurib borishardi. Uni quchoqlab, jilmayishardi. Asr vaqti bo’lib qolgan edi, birga asr namozini ado etishdi. Keyin bobolari bilan birga choy ichib, kitob mutolaasiga tushib ketishdi. Shamsiddin bobosi esa Allohga shukronalik keltirar edi, shukronalik keltirishining sababi esa bu yosh nihollarni tarbiyalarini ota-onalarini tashlab qo’ygan edi, lekin Alloh unga umr berishda davom etardi, shu yosh nihollarni to’g’ri, parvarishlab o’stirishida. U o’ziga-o’zi gapirib qo’yardi, “Insha’Allah buning oxiri xayrli bo’ladi”, deya.
Adolat va Marhamat Sohibi
Abdurauf yoshi 23 larga borgan bo’lsa ham, adolat haqida aniqroq tushunchalari yo’q edi. Shu bilan birga u boshqa narsalardan ham uzoqroq edi. Uning qiziqishi o’z kasbiga berilib, faqat shunga vaqtini ajratish edi. Uning o’z kasbi esa, texnika ishlab chiqaradigan bir korxonada, ishlab chiqarish bo’limidagi bir ish edi. U o’z musulmonligini tan oladi, ammo hech narsani tushunishni hohlamaydigan odam bilimni qancha o’zlashtirishni hohlamasa, u ham buni shunchalik o’zlashtirishni hohlamas edi. Namoz o’qisa ham, uyidagilarini ko’rishi uchundir, uyidagilar bo’lmasa, namozni o’ylab ham qo’ymas edi.
Garchi namoz o’qimasada, juma namoziga chiqib turardi va bir kun juma ma’ruzasida domla Allohning adolati haqida so’z ochdi. Domla, “Allohning marhamati juda kengdir, shu bilan birga adolati ham kengdir. Ba’zida biz insonlar buni tushunib yetmaymiz va tushunmasdan yashashda davom etamiz”, dedi. Abdurauf bularni unaqa diqqat jamlab eshitmagan