Hikoyalar karvoni. Sardor Kurbanov
meni shu kungacha ixlos bilan bu narsalarni eshitdi, deb aytsa bo’ladimi, o’zi hozirchi, hozir eshitdimmi”, deb gapiradi. Bu savoldan keyin, o’ziga boshqa savol beradi, “nega bu ixlos bilan eshitish haqidagi savolni endi beryapman, nega shu kungacha bermadim?”. O’zi ham bilmadim, nima sabab bo’ldiki, hozir ixlos haqida o’ylab qoldi. Namoz boshlandi va namoz jarayoni bo’layotgan bo’lsa ham, fikrlarini shu ixloslik mavzusi tark etmas edi. Juma namozi ham tugadi, lekin ixlos haqida fikrlar tugamadi. Negadir u shu kungacha yashayotgan hayot tarzi islomga ixlos bildirmayotganini tushungan edi.
Oradan bir hafta o’tdi, kuz fasli ham o’z chiroyini ko’rsatishni boshlagan edi. Shu vaqt uning do’stlaridan birining to’yi bo’layotgan edi. Abdurauf o’shandan beri ixlos bilan, ziyraklik bilan ko’p narsani kuzatadigan bo’lib qolgan edi va shu bois to’yda bitta narsa uning e’tibori chetidan qolmaydi. Uning bir do’sti boshqa bir odamning mashinasini eshigini ochayotganda, eshikni kuch bilan ehtiyot bo’lmasdan ochadi va devorga urib oladi. Eshik ham ozgina qiriladi va bu ish uchun uning do’sti mashina egasidan uzr so’raydi, albatta. Biroq bu uzr shoshilinchda, to’y vaqtida bo’ladi va egasi bu uzr bilan rozi bo’lmaganini bildiradi. To’y tugagan edi, mashina egasi, Abduraufdan o’sha do’stini chaqirib yuborishini so’raydi. Abdurauf aytadi va do’sti ko’rishadimi, mashina egasini rozi qildimi yoki yo’qmi bilmaydi.
Shu bilan oradan ikki oy o’tadi. Abdurauf yana ajib bir holat guvohi bo’ladi. Xuddi shu to’yda birovning mashinasini eshigini urib olgan do’stining mashinasini ham, boshqa bir umumiy do’stlaridan bittasi ehtiyot qilmasdan, tezkorlik bilan eshikni ochib urib oldi. Abdurauf buni kuzatdi va hayron qoldi. Abdurauf e’tibor bermadi, ikki oy oldin mashina eshigini urib olgan do’sti buni sezdimi yo’qmi, hozir mashina eshigini urib olgan do’sti kechirib so’radimi yo’qmi. Biroq uning o’y-hayolini “adolat”, degan so’z o’rab olgandi. Abdurauf o’ylayotgan edi, “demak uning do’sti, ikki oy oldin mashina egasini rozi qilmabdida, endichi bu hozir urib olgan do’sti buni rozi qilmasa, demak u ham oliy adolatga uchrarkanda”.
Oradan yana bir oy o’tdi. Abduraufning boshlig’i uni do’kondan ul-bul sotib olib kelishga chiqarib yuborgan edi. Abdurauf oladigan narsalarni tanladi va kassaga bordi. Kassachi hisoblab narsalar narxi o’ttiz ikki ming to’rt yuz so’m bo’lganini aytdi. Abdurauf boshlig’i berib yuborgan pulni berdi. Do’kondagi kassachi esa pulni olib, qaytimni qaytarib bermoqchi edi, Abdurauf tanga ko’rinishidagi olti yuz so’m kerakmasligini aytdi va naqd pul qaytimni oldi. Do’kondan chiqib ketar ekan, o’zini o’yga tortdi. Oldin ham boshlig’I bir-ikki marta bunaqa iltimos qilganida, qaytimni tiyin-tiyinigacha bo’lsa ham olar edi va boshlig’iga olib borardi, lekin undan keyingi paytlarda boshlig’i tanga unga kerakmasligini, hohlasa tangani o’ziga qoldirishini aytardi. Abdurauf birovni tangasini o’ziga qoldirmasdi albatta, biroq boshliq olmaydi, deb hozir bunaqa ham qilishi kerak emas edi. U hozir shuni biroz o’yladi va tugatdi.
O’sha kunni o’zida Abduraufni ishi o’z vaqtida tugadi. U avtobus bekatdan avtobusga o’tirdi va uyiga qaytayotgan edi. Uyiga yetib qolganda, yo’l haqi ikki ming so’mni tahladi va ham chiptachi, ham haydochilik vazifasini qilayotgan haydovchiga uzatdi. Abdurauf o’n soniyacha kutdi haydovchi olti yuz so’m tanga qaytimini qaytarishini, ammo qaytarmadi. Shunda o’zi so’rashga majbur bo’ldi. Haydovchi esa uyalmasdan tanga qolmadi, deb aytdi. Uyalmasdan, degan so’z Abdurauf uchun bekorga emas edi, chunki ikki-uch daqiqa oldin boshqa bir yo’lovchi yo’l haqini tangalarda bergan edi va haydovchi uni olgan edi. O’sha tangalardan qaytimni qaytarsa bo’lardi, ammo qaytarmadi. Abdurauf og’zini endi ochmoqchi edi shu borasida, biroq ichiga yutdi. Gap urush chiqishi qo’rqinchidanmas yoki boshqa sababdan emas. U shunchaki esladi, bugun kunduz kuni qaytim tangalarni va bu safar ikkita so’z uni falaj qilib qo’ydi, “buyuk adolat”. Ha, undan oldin do’sti bilan bo’lganda shunchaki adolat, degan so’z edi, hozir esa buyuk qo’shimchasi bo’ldi.
Abdurauf avtobusdan tushdi va uyi tomon yo’nalishda yayov yurib borar edi. Yayov ketishlikda davom etar ekan, ich-ichidan shu ikkita so’z, ya’ni buyuk adolatni his qilar edi va buni e’tiroz eta olmas edi. Abdurauf albatta musulmon, albatta Alloh borligiga ishonadi, biroq Uning adolatiga hali duch kelmagan edi. U korxonada ishlab chiqarish bo’limida ishlagandan keyin bilar edi, mahsulot o’z vaqtida mijozlarga yetib borishi uchun, xomashyo ham o’z vaqtida ularga yetib kelishi kerak. Hammasi o’z vaqtida sodir bo’lmasa, unda muvozanat buziladi. Allohning adolatida ham shuni tushunib yetdi. Allohning adolati ham muvozanati buzilmaydigan, hammasi o’z vaqtida, kechiktirilmasdan amalga oshadigan jarayonligini bildi. Abdurauf yana chaqmoq chaqqandaka bo’ldi va yurgan yo’lida qotib qoldi. Buning sababi esa, u shuncha yillardan beri masjidda juma ma’ruzasida tushunib yetgandaka, ixlos bilan Allohga talpinmagan. Na farz qilingan namozlarni o’qir edi, na farz yoki sunnat qilingan boshqa amallarni bajargan edi. U hozir tushunib yetgan edi, Allohning adolati baribir barchani o’z vaqtida topadi, ham bu dunyoda, ham oxiratda va albatta, haq adolat, adolatli adolat, har kim qilmishiga yarasha oladigan adolat topadi. Bu degani esa, bular uchun uning jazosi ham katta bo’lishi mumkin edi va u o’z hayolida “mumkin emas, aniq”, deb to’g’irlab qo’ydi. Havo garchi unaqa sovuq bo’lmasada, uni ter bosdi. Nima qilishni bilmay, shu yerda turib qoldi. Faqat biroz o’tgandan so’ng yurishni boshladi va uyiga qaytdi.
Ertasi kuni dam olish edi. Abdurauf kechasi bilan uhlay olmadi. Ertalabga yaqin ko’zi ketgan edi va vaqtli uyg’onib ham tezda ko’chaga ish bilan ketyabman, deya chiqib ketdi. Negadir yayov yurgisi keldi. Yayov yurib masjidning yoniga yaqinlashib qolibdi. Sal buyoqroqda skameykada bitta odam o’tirgan ekan. Abdurauf u odamning qo’liga qarasa, qo’lida spirtli sharbatning shishasi va shu shishadan ichib o’tirgan ekan. Yoniga yaqinlashgan edi, ichib o’tirgan odam shishani mast holatda yerga qo’ymoqchi bo’ldi va shisha turmasdan yiqildi va ichidan qizil suyuqlik chiqdi. Abdurauf o’zi oldindan spirtli ichimlik yoki tamakilarni yoqtirmasdi, lekin unaqa borib kimgadir unaqa nasihat qilmas edi. Hozir esa borib u kishiga gapirdi, “birodar masjidning oldida nima qilasiz shuni ichib?”. Ichib o’tirgan odam esa “hay gitler”, deb qo’ydi mast holatda. Abdurauf biroz jim turdi va “gitlerni nima qilasiz, tinch qo’ying, u allaqachon o’lib ketgan, siz tiriksiz-ku hali”, dedi. Ichib o’tirgan odam yana shu iborani qaytardi. Abdurauf esa nima deyishni bilmadi va “Allohga yoqmaydi bunaqa qilib masjid oldida ichishiz, qo’ying shuni, ichmang”, degan edi, ichib o’tirgan odam javobidan so’ng nima deyishni bilmadi va orqasiga o’girilib ketdi. Ichib o’tirgan mast kishi esa, “men ichaveraman”, degan javob qilgan edi. Abdurauf orqasiga o’girilib ketayotganda, mast kishi orqasidan chaqirib qoldi, lekin u orqasiga o’girilmadi va e’tibor bermadi.
Masjidning ichiga kirishni qaror qildi. O’zi ham hayron, mast kishini yonidan uzoqlashgandan so’ng, masjidni darvozasi oldidan o’tayotgan edi, negadir qadami shu tarafni tanladi. Masjidga kirar ekan, hali ko’p xatosini to’g’irlashi kerakligini o’yladi. Va, yana bitta haqiqatga amin bo’ldi. Allohning adolati ham, marhamati ham mutloqdir. Allohning rahmati, g’azabidan oldinroqdir. Alloh hatto Undan yuz o’girgan odamlar, ya’ni boyagi mast odamga yoki o’z vaqtida Abduraufga o’xshagan bandalarga ham yordam beradi. Buning isboti esa Abduraufga qancha belgilar jo’natilgani va boyagi mast kishiga esa Abduraufning duch kelganidir (balki bundan keyin ham kech bo’lguncha, kimdirlar duch kelishi). Va, Allohdan yuz o’girmaganlardan esa, nega Alloh ham ulardan yuz o’girsin. U shu fikrlarni tushunib yetganiga shukronalik keltirdi va namozga taxorat olish uchun taxoratxonaga kirib ketdi.
Ajoyib sevgi
Stiv piyoda ishiga ketayotgan edi. U tug’ilganidan beri faqat Angliyada yashagan edi va faqat hozir allaqachon bir yildan beri qurilish loyihasini bitirish uchun Rossiyada yashab kelayotgan edi. Uning yashaydigan joyi qurilish obyektidan 5 daqiqalik yo’l edi. U sayr qilishni yaxshi ko’rgani uchun, azgina vaqtliroq chiqar edi va har kuni har xil yo’nalish bo’yicha aylanib borishni yaxshi ko’rardi. Bugun ham aylanma qilishni istadi va yo’lda ketayotgandan edi. Atrofni ko’rib ko’zi quvonar, xatto sovuq havo ham atrofni kuzatishdan to’sib qo’ya olmas edi. Ko’chaning burchagidan o’ng tarafga qayrilganida tasodifan ko’zi bitta qizga tushib qoldi. Nimagadir joyida turib qoldi va u qizdan ko’zini uza olmadi. Qiz qaymoq rangdagi hijob bilan o’ralgan, ikki ko’zi