Hikoyalar karvoni. Sardor Kurbanov
deb juda ko’p narsalarni ko’rmagan ekanman, juda ko’p narsalarni anglamagan ekanman. O’sha payt yoshim bir joyga borib qolgan bo’lsa ham, boshqattan biznes boshlashga qaror qabul qildim. Ammo bu safar xatolarimni tushunib yetgan holda, oldin anglamagan haqiqatlarni amalda qo’llashga harakat qildim – yigitning kayfiyati sal ko’tarildi, xatto bunaqa odamning yoshi ancha joyga borib qolganida biznes boshlaganini aytganidan so’ng.
– Sir bo’lmasa, yangi biznesingiz qanday biznes hisoblanadi? – qiziquvchanlik bilan so’radi, tezda gapni bo’lib.
– U dunyoda bankrod bo’lmaslik biznesi.
– Uzr, chunmadim. Qaysi dunyoda?
– Oxiratda. Ertaga bu dunyoda yig’gan savoblarimni o’sha yerda ishlatishni hohlayman, lekin tasodifan bu dunyoda kimningdir ko’ngliga ozor bergan bo’lsam, kimningdir haqqini yegan bo’lsam, kimdandir qarzim bo’lib, mazza qilib yashab yurgan bo’lsam, o’sha sarmoyalarim, jamg’armalarim u dunyoda yetmay qolishi mumkin. Va Alloh asrasin, biroq shunaqa bo’ladigan bo’lib qolsa, unda abadiy bankrodlikga uchrayman. Chunki u yerdagi do’zox abadiydir. Shu uchun ham, iloji boricha sarmoyamni ko’paytirishim kerak va u dunyoga investitsiya qilishim kerak – chol bularni aytar ekan, uni ter bosdi. Chol havoni issiqligiga qaramay, o’zidan sovuq terni his qilardi.
– Amaki ochig’i, boshini yaxshi boshlaganinggizga davomida yaxshiroq narsani etsanggiz kerak, deb o’ylagan edim. Ammo bunaqa falsafalar hozir yuragimga sig’maydi. Uzr, yaxshi qoling – deya birdan norozilikni aks ettirib ketdi.
Chol yosh yigitning orqasidan qarab qolardi va uning yurishlarida o’zining yoshligini ko’rardi. Biroz qarab turdida, Alloh o’zi yo’l ko’rsatsin, deya shivirlab qo’ydi. Birdan bobo, deya bir yosh bolani ovozi keldi va chol tomon yugurib keldi. Yosh bola bog’ni yonida bo’lgan maktab tomondan kelardi. Bola bobosining yoniga kelib, gapira boshladi.
– Bobo, bugun 2ta yaxshi ish qildim, bittasi o’qituvchimga narsasini ko’tarishvordim, ikkinchisi esa Allohning 99ta ismini bir marta o’qib chiqdim. Bular men uchun sarmoya bo’la oladimi? – yosh bola intizorlik bilan qiziqib so’radi.
– Ha, juda yaxshi ishlar qilibsan, o’zimni aqlli nevaramga unda uyda sovg’a berish kerak ekan – deya shirin jilmayib gapirdi chol va o’rnidan turdi, nevarasi bilan birga yo’lga tushdi.
Bir zumlik uzoq yillar
Abduhakim 40 yoshlarga borib qolgan, sochlariga oq tushayotgan bir er, ota va korxona ishchisi edi. U o’zini shunaqa tasvirlash bilan ovora bo’lib qolgan edi, ayniqsa shu oxirgi yillarda. U go’yo muzlikni qazib, katta bir aysbergga duch kelishini bilib turgandaka edi. Sababi shundaki, unda bunaqa o’tgan umrini sarhisob qilish odati yo’q edi. Abduhakim uchun shuning o’zi bir signal edi. Ishga borar, ishdan ko’ngli to’lmaydi, uyga borar, uyda ko’ngli yorimaydi. O’qishga va ishga berilgani uchun, kech uylangani sabab bolalari ham hali yosh edi, bitta o’g’il va bitta qiz. O’g’li 8 yosh, qizi esa 5 yosh. Bir kun u do’stlari bilan choyxona gaplashib qo’yishgan edi va shu choyxonaga ketdi. U yerga vaqtliroq borishni hohladi va shunday qildi ham. U yerga borib, undanda vaqtli kelgan do’stini uchratdi. Bu do’sti ancha yillar oldin boshqa chet davlatiga ketgan edi va kutilmagan sovg’a qilish uchun, birga yig’ilib keladigan do’stlarimga deya vaqtli kelgan edi. Uning ismi Abdulloh edi. Bir-birini ancha oldin ko’rgan va ancha yillardan beri ko’rmasdan, endi uchratgan do’stlar hursand bo’lib ketishdi va mehrla quchoqlashib, hushchaqchaq ko’rishishdi. Abduhakim bir oz hursand bo’lsada, lekin uning holati Abdullohga ochiq ko’rindi. Abdulloh uni nima bezovta qilayotganini so’ragan edi, birdan qolgan do’stlar ham keldi.
Choyxonada esa hamma birinchi Abdullohni eshitishga o’tdi. Abdulloh yillar davomida Misrda yashab u yerda bir mashhur universitetlardan birida dars berib, shogirdlar chiqarib, kitoblar chiqarib yurganligini, endi bu yerga qaytib bu vataniga ham xizmat qilishni qaror qilganini aytdi. Shunda boshqa do’stlari ham bu yerda nimalarga erishishganini birinma ketin so’zlab berishdi, kimdir biznesda, kimdir o’z ishida, kimdir san’atda yutuqlarga erishganini eslab o’tdi. Abduhakim esa ich-ichidan nimalarga erishganini o’zi bilmas va buni tashqariga ham chiqara olmas edi. Bir qancha yaxshi lahzalarga boy bu yig’ilish ham tugadi va Abduhakim hayolga to’lib mashina tomon borayotgan edi. Abdulloh uni to’xtatib, uyiga olib borib qo’yishini iltimos qildi. Abduhakim ham muommomas, deya rozi bo’ldi.
Yo’lda suhbat boshlanishiga Abdulloh sababchi bo’ldi. U yana Abduhakimdan so’radi, uni nima bezovta qilayotganini? Abduhakim mashina chambaragini boshqarishda davom etarkan, aytish yoki aytmaslikni o’ylar edi. Bir qancha fursatdan so’ng, o’zi hohlamagan holda, mashinani chetga oldi va ichidagi so’zlarni tashqariga chiqarib yubordi. “Gap shundaki, yillar o’tdi, lekin umrimdan ko’nglim to’lmadi. Bilmadim, nega bunaqa o’ylayapman, ammo oilamdagilar joyida, ishim joyida, lekin bilmadim nega bunaqa? Boya yig’ilishda hamma o’zining ko’ngli to’lib erishgan narsasini gapirib berdi, ammo menchi? Men nimaga erishdim? Umrim go’yo haqiqatsiz o’tdi, men esa umrimni haqiqat bilan o’tishini afzal ko’raman, lekin qanday erishaman u haqiqatga, qanday?”
Abdulloh bir pas jim turdida, nimadirni eslagandaka bo’ldi va shuni gapirishni boshladi. “Esingdami Abduhakim, Misrga ketishimdan oldin, senga bir-nechta kitoblar tashlab ketgan edim. Ketganimdan so’ng ularni o’qidingmi? Senga yoqganmidi?” Abduhakim esa nima deyishni bilmadi, sababi esa u o’sha kitobni esladi, ammo uni ochib ham qaramagan edi. Abduhakimning bunaqa o’zini tutishini payqagan Abdulloh esa jilmayib, tushunarli, deya qo’ydi. “Endi esa do’stim so’zlarimni qattiq olma yuragingga, garchi men hech qanaqa g’araz niyatsiz bularni so’zlamoqchiman. Umrim haqiqatsiz deyayapsan, ammo Alloh senga do’sting orqali bergan shu haqiqatlarga to’la qo’lyozmalarni tashlab ketganida ularni ochib ham qaramagansan. Chunki u kitoblardan bittasi Qur’onning o’zbekcha tarjimasi, bittasi esa Imom al-Buxoriy hadislari kitoblar edi. Senga haqiqatlardan eng a’lolari qoldirilgan edi. Biroq haqiqatni o’zingdan o’zing uzoqlashtirgansanku. Do’stlarim nimadirlarga erishdi, deb o’ylama. Inson Alloh unga nimani bergan bo’lsa, faqat shuni qo’lga kiritadi. Ularning shunchaki harakatlariga yarasha erishgani shu narsalar bo’ldi. Sen esa yana takroran aytaman, hech nimaga erishmagandirsan hozircha, ha hozircha. Sabab esa talpinish kerak, intilish kerak, shundagina Alloh tarafdan marhamatni sezasan, tushunyapsanmi do’stim.?” Abduhakim bir qancha daqiqa mashinani o’t oldirmasdan gaplarni o’yladi. Birozdan keyin mashinanini o’t oldirdi va do’stini uyiga jimlikda eltib qo’yib, uning so’zlari uchun rahmat aytdi.
Ertasi kuni Abduhakim o’sha do’sti bir paytlar qoldirib ketgan kitoblarni qidirishga tushib ketdi. Abduhakim o’sha kechasi o’zi tuzukroq ham uhlamagan edi. Chunki u kechasi bilan uyqu kelmagandan keyin oshxonaga chiqib choy ustida Abdulloh bilan bo’lgan suhbatni boshida aylantirayotgan edi. Kitoblarni topdi, yaxshiyamki bir oq matolarga o’ralib, teparoqda qo’yilgan ekan. Bugun dam olish kuni bo’lgani yaxshi bo’lgan edi. Kitoblarni qidirishdan oldin tahorat qilishga qaror qilganiga hursand bo’lgan Abduhakim kitoblar o’sha honadan chiqmasdan, ochib mutolaa qilishga qaror qildi. Qur’on kitobining tarjimasini ocharkan, kitobning ichidan uning ko’ziga qanaqadir nur urilgandaka bo’ldi. Go’yoki, nur taralar edi kitobdan.
Kun yakuniga ketib qolgan edi. Abduhakim honadan chiqdi va negadir har kungi yuzidagi qayg’uning o’rnini bir ajib nur egallagandaka edi. Eshikning qo’ng’irog’i chalindi. Borib ochib qarasa Abdulloh. Hayron qolgan Abduhakim ichkariga Abdullohni taklif qildi. Keyin esa Abdulloh kecha qattiq gapirib yuborgan bo’lsa, uzr so’rab kelganini aytdi. Abduhakim esa kulib hammasi yaxshiligini va aynan shu so’zlar unga kerakligini, va nihoyat kitoblarni ochib, ular bilan tanishganini aytdi. Abduhakim Abdullohni ichkariga choy ichishga, ovqatlanishga taklif qildi. Abdulloh ham bajonidil taklifni qabul qildi. Xontaxta atrofida ular o’tirishar ekan, Abduhakimning o’g’li keldi va dadasiga savol bermoqchi bo’ldi. Abduhakim mehmonga birinchi salom berish kerakligini aytib, keyin savolni aytishini so’radi. O’g’li esa, “dada jannatda inson butun umr qolsa, zerikib ketmaydimi?” Abduhakim o’g’li bu savolni qayerdan olganiga qiziqdi. Abdulloh esa beg’uborona savolga beg’uborcha kulib qo’ydi. Abduhakimning o’g’li esa, do’sti jannat haqida gapirib berganda, bu savol paydo bo’lganini aytdi.