Hikoyalar karvoni. Sardor Kurbanov

Hikoyalar karvoni - Sardor Kurbanov


Скачать книгу
o’quvchilari bilan birga nima deyishgan bo’lsa, bular ham shunaqa javob berishardi. Keyin esa ular o’zlarini aqlli ko’rsatgandaka, qog’ozni o’girib o’zlaridan yoshi kattalarni adashganini ko’rsatishardi. Bu tuyg’u ularga bir tarafdan hursandchilik hisini bersa, ikkinchi tarafdan esa butun suratni ko’rish naqadar muhimligini tushunib yetishardi.

      Ular bobosini ham sinab ko’rishmoqchi bo’lishdi va shu maqsadda bobosining honasiga chiqishdi. Bobosi namozini tugatib, endi joynamozni yig’ishtirib turgan ekan. Bobosiga savolni berishdi va bobosi shoshib javob bermadi. U sekin donolardek jilmayib qo’ydi va qog’ozning orqasini ham ko’rsatishlarini so’radi. Albatta, bunday javob kutmagan Hasan va Husan dovdirab qolishdi va nima qilishni bilmay, qog’ozni o’girishdi. Bobosi oldi oq, orqasi qora ekan, deya javob berdi va nevaralariga qarab jilmayib turdi. Nevaralari bobosi bu usulni bilarmidi, deb savol berishgandi, bobosi bilmasligini aytdi. Qanday qilib buni bilgan bobosiga, egizaklar hayron tarzda qarab turishardi. Bobosi esa bir hikoyani aytib bermoqchi bo’libdi.

      – Tag’in bilmadim kim haqida, ammo payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) davrlaridan bo’lgan bir ulamo haqida edi bu voqea va quyidagicha bo’lgan ekan. Bir kun o’sha ulamo bir shahardan boshqa shaharga safar qilgan ekanlar. Safar ham ayni ro’za paytiga to’g’ri kelib qolibdi, mezbon shahar odamlari charchoq va qiynalish nimaligini bilmay ulamoni shunchalik hurmat qilganlaridan juda yaxshi kayfiyatda, quchoq ochib kutib olishga qaror qilishibdi va shahar tashqarisiga ham chiqib poylab turishgan ekan. Buni uzoqdan ko’rgan ulamo, tuyada o’tirgan joylaridan va qopdan bir parcha non olib, uni tishlab, yutib yuborganlar. Buni kuzatib turgan ko’pchilik odamlar, shunday odam ro’za tutmasdan, uyalmasdan non yeb kelishini qaranglar, deya orqasiga qaytib ketishgan ekan – bobosini shu gapini tugatmasdan darhol o’zlarini gapini gapirishdi.

      – Rostan ham ro’zada nega ro’za tutmagan, bu farz ediku – dedi Hasan.

      – Yaxshi ish qilmabdilar, ha farz – dedi Husan.

      – Shoshmanglar, nega bunaqa shoshasizlar, axir sizlar o’zlaring odamlarni keng fikrlashga o’rgatmayapsizlarmi? – deya jilmayib, shirin gapirib qo’ydi bobosi – gap shundaki, yo’ldagi odamga, musofir bo’lgan odamga ro’za tutish farz emas, keyin qazosini qilsa ham bo’ladi, chunki islom dini, shariat bunga ruxsat bergan. Aslida keyin aniqlanishiga qaraganda, shariatning bu qoidasiga qaramay o’sha ulamo ham ro’za tutgan ekanlar, ammo kibrga, g’ururga, nafsga berilib ketmaslik, bu yomon narsalarni yonlariga yaqinlashtirmaslik uchun, deya shu ishni, ya’ni non yeyishni qilishga majbur bo’libdilar. Boshqa insonlar esa shariatda bunaqa narsalar borligini, kimdir shoshqaloqligidan, kimdir esa bilimida bo’shliqlik borligidan tez qaror qilishibdi. Endi sizlarga savol, bu hikoyadan nimani xulosa qildingiz bolalarim? – bobosi ularga qarab qolibdi, ular esa bu savol berilganiga qarab, kerak narsani tushunishmaganini aytishdi – bu juda go’zal voqea bolalarim. Bu yerda ham islom dinining naqadar adolatli, go’zal ekanini bilsa bo’ladi, chunki bir yomon narsaga yo’l qo’ymaslik uchun bandaga qaysidir qoidasini buzib turishi, shariatning o’zini doirasida qoidani o’zgartirish mumkinligi imkoni berilganligini xulosasi bor. Insonga shoshqaloq bo’lmaslik kerakligi xulosasi ham bor, shoshib qo’yib tez qaror chiqarishadi ba’zida. Va, bu shoshqaloqlik bilan bog’liq bo’lgan bo’shliq xulosasi ham bor. Ko’p hollarda insonlar bilimdan bo’shliq nuqtalari bo’lib, shoshib qaror chiqarishadi, xulosa qilishadi. Xuddi hozir, sizlar ham qilgandek. Shoshqaloqlik shaytondandir, shuni ham esda tutinglar – bobosini yoniga o’g’li, ya’ni Hasan va Husanni dadasi kelibdi va suhbatni bo’lib, bir nimalarni so’rabdi.

      Ular esa shu joylaridan qo’zg’alib, honalariga borishibdi va bu hikoyani eshitib, nimalarni his qilganlarini, nima fikrlarni egalari bo’lishganini bir-birlariga bahamlashishibdi. Bu fikr va hislar esa, ikkalasi ham go’yo ichlarida juda ko’p savollarga javob bo’la oladigan, muhim bir kalitni topishganday bo’lishgan edi. Boshida o’qituvchi bu haqiqatning uchqunini ko’rsatganda ular bunga uncha e’tibor berishmagan edi, ammo hozir bu haqiqat uchquni ikkinchi marta ularga uchragandan keyin, bu uchqun olovga aylangan edi. Bo’shliqni tushunib yetishdanam avval, islom dini hayot tarzi ekanini, unda bunaqa go’zal narsalarga go’zal ko’rinishda ruxsat etilganini tushunib yetishibdi. Yana qaror ham qilishibdi, bilimni ko’paytirishga va iloji boricha o’zlarini bo’shliq to’la hayotda qoldirmaslikka. Buning uchun esa hayot tarzi qilib berilgan qoidalarni, ya’ni islom dinini tushunib olish kerakligi va ularni shunchaki yod olish emas, aksincha aslini anglab yetib, hayot davomiyligida qo’llash kerakligini tushunib yetishibdi.

      Boshliqning buyrug’i

      Munisa maktab darslik honasida o’tirgan edi. Uning dugonalaridan biri bo’lgan Nafosat keldi va nega tanaffusda boshqalarga qo’shilmayotganini so’ragan edi. Munisa qo’lidagi kitobni oldida old tomonini Nafosatga ko’rsatdi. Nafosat esa kitobning yozuviga e’tibor bermadi va kitobga nima aloqasi bor, deya savol berdi. Munisa keyin javob berdi, “Buvim kundalik hayotimni reja qilib tuzib berganlar, bu hafta shu kitobimni tugatishim kerak va buvimga uning mohiyatini tushuntirib berishim kerak”. Nafosat esa, ular atigi 12 yoshliklarini, hali kitob o’qishga imkon bo’lishini gapirgan edi, Munisa bugun sukunat bilan javob berib qo’yaqoldi. Nafosat ichidan o’ylar edi, hozir shu kitoblarni o’qib nima topadi? Hazina yashiringanmi shu kitoblarda? Nega yoshi kattalar kitob o’qishni ta’kidlashadi?

      Munisa maktabdan qaytayotgan edi. Nafosat ham shu yo’ldan qaytayotgan edi, chunki Munisa va Nafosat bir-biriga qo’shni mahallada turishardi. Nafosat Munisaning oldiga yugurib bordi va nimaga shuncha kitobga berilayotganini sababini so’radi. Shu yo’sinda, bu savol negadir uni tinch qo’ymayotganini aytdi. Munisa esa kulib, buvisi reja qilib berganini aytdi. Bunga esa Nafosat javoban, to’g’riligini aytdi, ammo Munisaning o’zi ham bunga qarshimasligini, yuz ifodalari bu buyruqni, bu rejani qabul qilganini aytib turganini aytdi. Munisa buni ham tasdiqladi va bosh silkidi. Keyin qarasa Nafosatning sport oyoq kiyimini ipi yechilib ketibdi. Munisa unga hech nima demasdan, o’zi yerga egildi va ipni bog’lashga tushib ketdi. Nafosat, “hozir oldingga yugurib kelganimda yechilib ketgan bo’lsa kerak, menga aytsang bo’lardiku, o’zim bog’lab olardim”, deb qo’ydi. Munisa esa, “hammamiz muslimamiz va opa-singilmiz, bir-birimizga yordam bersak biror joyimiz kamayib qolmaydi, buvim shunaqa deydilar”, dedi. Nafosat bu gapni eshitdiyu, go’yo unga bu gapni yoshi katta bir odam so’zlagandaka bo’lib qoldi. U bunga nima, deb javob qaytarishni ham bilmadi, shunchaki rahmat, deb qo’ydi.

      Ertasi kuni yana maktab va oshxonada ovqatlanib o’tiribdi. Oshxonada 4—5 ta qiz bo’lib Munisa va Nafosat o’tirishibdi. Suhbat davomida hamma hohlagancha gapirayotgan edi, Nafosat qaysidir bolaning bir yomon ishini yomonlab aytib berishni boshladi. Munisa amin qildi va to’yganini aytib, qizlarga rahmat va uzr, deb turib ketdi. Nafosat bunga hayron qoldi. Biroz o’tgandan so’ng, Munisa Nafosatni holi joyga chaqirdi va haligi odatini boshqa qaytarmaslikni so’radi, bu so’rashi esa Nafosatni o’ylab aytayotganini bildirdi, qolganlarni oldida aytmaslik uchun, o’zini chaqirib yakka ahvolda aytishni qaror qilganini ham aytdi. Nafosat esa, hop tushundim, demasdan, nega unaqa qilishim kerak, deya so’radi. Munisa esa, “shunchaki bu Allohning qoidalariga, buyruqlariga yarashmaydi”, dedi. Nafosat tushunmaganini ochiq oydin bildirib, savolli tarzda qaradi va so’radi, bularning hozirga nima aloqasi borligini. Munisa esa bunga javoban, bir kun tushunib yetarsan, dedi va hayrlashib ketdi.

      Oradan yillar o’tdi va maktab bitiruv kuni.

      Munisa va Nafosat ham katta qiz bo’lib qolishgan, ikkalasi ham ancha yetilgan. Nafosat oldingiga qaraganda ancha oq va qorani tushunib yetadigan bo’lgan edi. Nafosat Munisaning oldiga keldi va bir necha yillar oldin, unga gapirgan gapini hali ham tushunmaganini, lekin Munisa bir kun tushunib yetarsan, deb aytganini aytdi. Munisa hayron qolib, qaysi gap ekanini so’radi. Nafosat esa, “shunchaki bu Allohning qoidalariga, buyruqlariga yarashmaydi”, degan so’zlarni qaytardi. Munisa biroz o’ylanib turdida, buni qachon aytganini so’radi. Shunda Nafosat bo’lgan voqeani aytib berdi va Munisa o’zi hohlar-hohlamas jilmayib yubordi va o’sha kundan keyin yana kelsa bo’lardi-ku, deb izoh berib qo’ydi. Nafosat esa, bu savol judayam uni qiynamaganini, shunga vaqti kelsa balki o’zi tushunib qolar, deb o’ylaganini gapirdi. Shunda Munisa tushuntirishga kirishdi, “qara Nafosat, biz hozir mana maktabni ham bitiryapmiz, sodda qilib tushuntirishga harakat


Скачать книгу