Hikoyalar karvoni. Sardor Kurbanov
Chunki jannatda ko’z ko’rib, quloq eshitmagan, aql tasavvur qila olmaydigan narsalar bo’ladi, bizga ma’lum bo’lgan ozgina ma’lumotlardan tashqari. Misol tariqasida qara, sen nimani yaxshi ko’rasan?” Saidali, “ko’chada do’stlarim bilan o’ynash va ular bilan suzishga borish”. Abdulloh, “endi qara, bu narsalardan sen qachondir zerikkanmisan?” Saidali “yo’q”. Abdulloh, “ko’rdingmi, o’zing yoqtirgan narsadan zerikmaysan, u yerda ham shunday bo’ladi Insha’Alloh. U yerda sen yoqtirgan narsalar bo’ladi va yaxshi inson bo’lsang, eng katta mukofot Allohning roziligi va chehrasini ko’rish nasib qiladi.” Saidali yosh bolalarcha qiziqish bilan, nimasi eng katta mukofot buni, deya so’radi. Abdulloh, “qara Saidali, sen dadangni va onangni yaxshi ko’rasan shunaqami, chunki ular ham seni yaxshi ko’radi, asosiysi sen ularga qarab zerikmaysan va ularning sen bilan o’tkazgan vaqti sen uchun hursandchilik payti hisoblanadi, jahllarini chiqarsang hafa bo’lishing mumkin, aqlli bola bo’lsang, sendan rozi bo’lishadi va yana sen ham hursand bo’lishing mumkin, shunaqami?” Saidali, “shunaqa”. Abdulloh, “endi esa bir o’ylab qara, olamlar Robbi, meni, seni, ota-onangni, hammani va hamma narsani yaratgan, bizga mehribonchilik qilgan Zot, Rahimdil, Marhamatli Alloh taoloni ham senga hursand bo’lib, senga vaqt ajratishi, sendan rozi bo’lishi, bu ajoyibmasmi. Yoki tasavvur qil, sen chanqaganingda yoki qorning ochligida qorningga siqquncha ichasan va yeysan, shunaqami? Endi Allohning husni shunaqa bir chiroyliki, shunaqa bir ajoyibki, shunaqa bir fayzliki, u payt sen go’yo qorningga qancha ovqat yesang ham to’ymaydigan qorning yoki qancha suv ichsang ham, go’yo chanqog’ing bosilmagan va yana va yana suv ichging kelgandaka bo’ladi. Chunki u ichayotgan suving yoki yeyotgan ovqating, qorningni to’ydiradigan emas, aksincha qorningni o’sha suv va ovqatga naqadar ehtiyoji borligini bildiradigan bir ajib narsa bo’lib xizmat qiladi go’yo. Balki hozir meni tushuntirganlarimni tushunmassan, balki men noto’g’ri misollar keltirgandirman, lekin ozgina vaqt bersang sen ham bu narsalarni tushunib yetasan Insha’Alloh.” Saidali, “yo’q, tushunganday bo’ldim, faqat boshqa savolim bor edi, yaxshi bo’lish uchun nima qilishim kerak?” Bu savolni eshitgan Abdulloh hursand bo’ldi, rostan ham ozgina bo’lsada tushuntira olganligidan.
Bu payt esa Abduhakim do’stining bu gaplarini eshitib, hayron qolayotgan edi. Do’stining donoligidan emas, aksincha 20 yillik umrini shu haqiqatlarni tushunmasdan o’tkazganiga va o’tkazib kelayotganiga edi. Abduhakim qilishim kerak bo’lgan ishlar ko’p ekan, deya Abdullohni tinglashda davom etardi. Shu payt Abdulloh soatga qaradi va shom payti bo’lib qolibdiku, dedi. “Yaxshi bo’lishning qoidalaridan biri, namozlarni vaqtida o’qishdir. Chunki bu intizomli qilib berilgan qilinishi kerak bo’lgan ishlarimizdandir, shunga kettikmi?”, dedi Abdulloh. Abduhakim va uning o’g’li Saidali birgalikda namoz tomon qadam tashlayotgan edilar. Abduhakim esa, yillar davomidagi haqiqatni topganidan ko’ngli to’lgan va hayot davomida bu haqiqatni boshqa bir parchalarini ham anglab yetishi kerakligini bilib, qanaqadir umidning nurini ko’rgandaka edi.
Bo’yinga osilgan marhamat yoki lan’at
Abduqahhor 12 yoshda edi. U aptekaga dori sotib olishga kirgan edi. Aptekachi unga dorilarni hisoblab berdi. Hisobni eshitgan bola qo’lidagi pulga qaradi va pulim yetmas ekan, deya chiqib ketmoqchi bo’lib endi orqasiga o’girilaman degandi. Orqadan bir ovoz kelib qoldi. Mana men to’lavoraman shu bola uchun, agar bolani o’zi rozi bo’lsa. Bola nima qilishni ham, nima deyishni ham bilmadi. Shunchaki minnatdorchilik bildirdi. Dorini oldi va uyiga qaytdi. U bunaqa vaziyatga hali tushmagan edi. Qanaqadir bu harakatda, ya’ni begonaning u uchun pul to’lashga yordam berib yuborganida qandaydir yaxshi narsani ko’rdi.
Abduqahhor uyiga yetib keldi va xursand tarzda dorini buvisiga berdi. Buvisi nevarasining dori olib kelganini ko’rib ko’zlari chaqnab ketdi. Chunki anchadan beri bu yoshi bir joyga borib qolgan ayolning oyog’i bezovta qilar edi. Pensiyasidan ishlatay desa, nevarasiga va ro’zg’orga ishlatishi kerak. Nevarasi esa o’sha buvisi unga cho’ntak pul qilib bergan pullarni yig’ib, dori sotib olishni niyat qilibdi. Buvisi taxminan hisoblab ko’rdi va savol berdi, shu yig’ilgan pullar doriga yetdimi, deya. Abduqahhor yetmaganini, unga bir noma’lum bir kishi o’shancha pul qo’shvordi, deb rostini aytib berdi. Yana bu hodisaga hayron qolganini, shunaqa begona odam boshqa tanimagan odamiga shundayligicha yordam berishini ko’rib taajjublanganini aytdi. Buvisi esa jilmayib, unda u kishining nomiga duo qilib qo’yish kerak, dedi. Nevarasi, hop, deya javob berdi. Buvisi keyin yana so’z ochdi.
– Sen musobaqada g’olib chiqqaning esingdami, adashmasam o’tgan oy bo’luvdi – buvisi gapirdi va nevarasi ha, deb javob berdi – O’sha on esingdami, shohsupada turganingda g’oliblik medalini bo’yningga osib qo’yishgandi – nevarasi ha, deb javob berdi – chunki sen g’olib bo’lgan eding va taqdirlanishing kerak edi. Bo’yningga esa medal osishlari shu g’olib bo’lganing va taqdirlanishingni ko’rsatadi. Bugun shu senga pul qo’shib turgan odamning ham, seni ham bo’yningga medal osib qo’yildi. Ha, balki so’rarsan, men ko’rmadimu bu medalni yoki qani o’sha medal, deb. Ammo u medal bu dunyoda ko’rinmaydi. Uni faqat oxiratda hisoblashadi. Kimda qancha medal yig’ilganini. Oxirat nimaligini tushuntirib bergan edim-ku esingdami? Esingda bo’lsa yaxshi, demak gaplarimni tushunasan. Asosiysi seni bo’yningga va u kishini bo’yniga, ishonamanki, marhamat, rahm-shafqat, savob medali osildi. Zinxor va zinxor lan’at, g’azab, gunoh medallarini osishga, ostirishga harakat qilma. Bu yomon medallardan saqlanish uchun senga imkon har doim berilgan. Xuddi musobaqada o’z ixlosli harakating bilan, tayyorlanganing bilan yutgandaka, bu yerda ham ixlosni, tayyorlanishni boshqa tarafga yo’naltir. Va undanam asosiysi shuki, bu qaysidir odam tarafdan emas, Alloh tomondan osilgan medaldir. Iloji boricha, shunaqa champion bola bo’lib yurishga harakat qil – deya buvisi shirin jilmayib, gapini tugatdi.
Bo’shliqsiz hayot
Maktab honalaridan birida dars bo’layotgan edi. Honada esa 4-sinf o’quvchilari o’tirgan edi. Ular o’qituvchining doskada narsalarni yozishini kutishayotgan edi. Birozdan so’ng o’qituvchi yozib tugatgan edi va o’quvchilar doskaga qarashdi. Doskada esa “bo’shliq yetaklaydi bo’shliq sari”, degan yozuv turardi. O’qitvuchi gapini boshladi.
– Aziz o’quvchilarim – deya quvnoqlik ovozi bilan o’qituvchi so’zini boshladi, bolalarga hursandchilik tarzida dars o’tishi boshlanib turardi – kecha sizlarning matematika bo’yicha uyga vazifa qilib berilgan misollaringgizni tekshirib bo’lib, biroz ilmiy-hujjatli film tomosha qildim. Kinoning ismi esimda yo’q, biroq kimga qiziq bo’lsa bilib berishga harakat qilaman. Xullas, u yerda inson onggida bo’shliq bo’lsa, yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi haqida aytib o’tgan, ya’ni noto’g’ri yoki teskari ma’lumotmi va hokozolar. Qaranglar, buni tushuntirishdan oldin bir savolim bor – dedi va qo’liga bitta qog’oz oldi va bu to’la-to’kis qanaqa rangdaligini so’radi.
Hamma birdan, men birinchi javob beray, degan shoshilinchda oq, deya shoshib javob berishdi. O’qituvchi esa, yo’q bu qog’ozning qora ranggi ham bor, deya javob berdi. O’quvchilar esa e’tiroz eta uni hamma joyi oq, deb turib olishdi. O’qituvchi ham qora ranggi bor, deb bir ikki marta qaytardi. Oxiri o’qituvchi qo’lidagi qog’ozni o’girdi va o’quvchilarga qora tomonini ko’rsatdi va o’quvchilar jim bo’lib qolishdi. Shunda o’qituvchi yana gapirishni boshladi.
– Ko’ryapsizlarmi bo’shliq nimadan kelib chiqyabdi. Vaziyatni to’la-to’kisligicha ko’rmaganumizcha aniq javob bermaslik kerak. Men bilib turibman oldi oqligini va lekin yana qo’shimcha qilib ham aytib turibman, qorasi borligini. Sizlar esa vaziyatning bu tarafini ko’rishni hohlamayapsizlar va ko’rmayapsizlar. Xullas, kechagi hujjatli filmda ham hozirda ko’p odamlarda shu ma’lumot tarafdan, o’rganish tarafdan, izlanish tarafdan bo’shliq borligini aytib o’tishgan va bunaqa odamlarning foizi, bo’shliqi bo’lmagan odamlarning foizidan ancha yuqori ekan. Shunga darsdan oldin, shu foydali ma’lumotni sizlar bilan bahamlashib ketsam, balki foydasi tegib qolar, degan umidda kecha shu qog’ozlarni tayyorlab qo’ygan edim. Sizlarga yoqqan bo’lsa, biror bir narsa o’rgangan bo’lsanglar hursand bo’laman va bugungi dars mavzusini boshlaymiz – deya bu mavzuni yakunladi va darsni boshladi.
Bularni barchasini kuzatib, eshitib o’tirishgan Hasan va Husan doskadagi