Геология ва геоморфология. Ю. Иргашев
karbonatlar guruhi – kalsit–CaCO3, dolomit–CaMg(CO3)2, sideritFeCO3, magnezit-MgCO3, limonit–Fe2O3⋅nH2O, pirolyuzit–MnO2;
6) fosfatlar guruhi – apatit Cn5(F,Cl)[PO4]3, fosfarit-Ca5⋅F(PO4);
7) sulfatlar guruhi – angidrit-CaSO4, barit-BaSO4, gipsCaSO4⋅2H2O, mirabilit-Na2SO4*10H2O;
8) volframatlar guruhi – volframit-(Fe,Mn)WO4, sheelit-CaWO4, serpentin-Mg6(OH)8*[Si4O16] , xlorit-(Fe,Mg)5Al(OH8)(AlSi3O10);
9) silikatlar guruhi – olivin-(Mg,Fe)2⋅[SiO4], avgit–Ca(Mg⋅Fe,Al) [(Si,Al)2⋅O5], muskovit – K⋅Al2(OH)⋅(AlSi3O10), biotit – K(Mg,Fe)3⋅(OHYu,Fe)2⋅[Al,Si3⋅O10], rogovaya obmanka – (Ca,Na)2(Mg,Fe2+)4⋅(OH)2⋅[(Al,Si4)O11]2, talk – Mg3(OH)8 [Si4⋅O10];.
2.2. Tog‘ jinslari haqida umumiy tushuncha va ularning genetik tasnifi
Yerning litosfera qobig‘i har xil tog‘ jinslaridan iborat. Tog‘ jinslari deb Yer po‘stida sodir bo‘ladigan geologik jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan bir yoki bir necha minerallar to‘plamidan iborat tabiiy birikmalarga aytiladi.
Tog‘ jinslari bir mineraldan tarkib topgan bo‘lsa, monomineralli (gips, dolomit), bir necha mineraldan tarkib topgan bo‘lsa, polimineralli (masalan, granit-kvars, dala shpati, slyuda minerallaridan tashkil topgan) tog‘ jinslari deb ataladi. Tog‘ jinslari birlamchi va ikkilamchi minerallardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin.
Tog‘ jinslarining tuzilishini ularning strukturasi va teksturasi belgilaydi. Struktura deb jinslarning tashkil etuvchi minerall zarrachalar va agregatlarning ichki tuzilishi, shakli va o‘lchami, miqdoriy nisbati va bu zarralarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligiga aytiladi. Masalan, donador, chala kristallangan, shishasimon; zarralarning o‘lchamiga ko‘ra yirik, juda yirik va boshqa strukturalar. Tekstura deb tog‘ jinslarini tashkil etuvchi mineral zarracha va agregatlarning jinslarda fazoviy joylashishiga va jinslarning yaxlitlik darajasiga aytiladi: zich, massiv, qat-qat, yo‘l-yo‘l, g‘ovakli va h.k. teksturalar.
Tog‘ jinslari hosil bo‘lish sharoitiga va tarkibiga qarab uchta asosiy genetik guruhga bo‘linadi: magmatik, cho‘kindi va metamorfik jinslar.
2.3. Magmatik tog‘ jinslarining paydo bo‘lishi, turlari va relyef hosil bo‘lishdagi o‘rni
Magmatik tog‘ jinslari erigan – suyuq magmani (ko‘pincha silikatli, shuningdek, sulfidli bo‘lishi ham mumkin) sovib, kristallanib qotishidan hosil bo‘ladi. Magma yer po‘stida yoki yuqori mantiyada paydo bo‘lib, katta bosim va temperaturaga ega bo‘ladi, gazsimon moddalar va suv bug‘lari ko‘p uchraydi. Magmaning tarkibi har xil bo‘lib, tadqiqotchilarning fikricha, o‘ta asosli, o‘rta (bazaltli) va nordon (granitli) turlari mavjud. Magmaning hosil bo‘lish sabablari hozirgacha munozarali. Magma suyuqligining hosil bo‘lishini, odatda yer qa’ridagi radiogen issiqlik bilan bog‘lashadi, ba’zi olimlar magma qiyin eruvchan va tez uchuvchan moddalardan tarkib topgan aralashmalardan iborat deb hisoblaydilar. Magma SiO2, Al, Fe, Mn, Ca, Na, K, O2, H, S, Cl, F, B va boshqa elementlardan tarkib topadi.
Yer po‘stining yoriq va darzlari orqali magma yuqorida joylashgan qatlam orasiga kirib qotishi yoki yer yuzasiga otilib chiqishi mumkin. Magma yer yuzasiga otilib chiqmasa, u asta-sekin sovib, Yerning chuqur qismlarida qotadi. Bundan hosil bo‘lgan magma mahsulotlari intruziv jinslar deb ataladi (2.1-a-rasm). Magma yer yuzasiga otilib chiqib qotganda effuziv jinslar hosil bo‘ladi (2.1-b-rasm).
2.1-rasm. Magmatik tog‘ jinslarining hosil bo‘lish sxemasi.
Magmatik jinslarning tarkibini asosan SiO2 tashkil etgani uchun, uning miqdoriga asoslanib, magmatik jinslar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
– o‘ta nordon jinslar: SiO2 miqdori 78 % dan ko‘p (pegmatit va h.k.);
– nordon jinslar: SiO2 miqdori 64-78 % (granit, granodiorit, liporit va h.k.).
– o‘rta jinslar: SiO2 miqdori 53-64 % (sienit, diorit, traxit va h.k.).
– asos tarkibli jinslar: SiO2 miqdori 44-53 % (gabbro, bazalt, diabaz va h.k.).
– o‘ta asos tarkibli jinslar: SiO2 miqdori 44 % kam (peridotit, piroksenit va h.k.).
Intruziv va effuziv jinslar har xil sharoitda hosil bo‘lgani uchun, ular tuzilishi, xususiyati va tabiatda joylashish sharoitiga qarab birbiridan keskin farq qiladi.
Intruziv jinslar. Magma yer qobig‘ining chuqur qismida, katta bosim va temperatura ostida asta-sekin sovib, kristallanib qotsa, uni tashkil etuvchi minerallar to‘liq kristallanadi va to‘liq kristallangan jinslar hosil bo‘ladi. Ular tabiatda batolit, shtok, lakkolit, lapolit kabi shakllarda yotadi (2.2-rasm). Ularga: granit, granodiorit, sienit, piroksenit, peridotit, diorit va boshqa tog‘ jinslari misol bo‘laoladi.
Bu jinslar kristalli massiv jinslar bo‘lib, o‘ta mustahkam va nurashga chidamlidir. Shuning uchun bunday tog‘ jinslari tarqalgan hududlarda asosan tog‘lar, tik yonbag‘rli daralar, kon’onlar, cho‘qqilar hosil bo‘ladi, ya’ni Yer relyefining baland musbat shakllari paydo bo‘ladi. Bunday relyeflar asosan tektonik-strukturaviy tipdagi relyeflardir.
2.2-rasm. Intruziv magmatik tog‘ jinslarining yotish shakllari: 1- lakkolit; 2- lopolit; 3- shtok; 4- batolit; 5-dayka; 6-tomir.
Effuziv jinslar magmaning yer yuzasiga otilib chiqib qotishidan hosil bo‘ladi. Bu holda magmaning bosimi tez pasayadi va temperaturasi tez soviydi, tarkibidagi uchuvchan komponentlar tez yo‘qoladi, natijada jinslar to‘la kristallanishga ulgurmaydi. Shuning uchun effuziv jinslarning ba’zi turlari kristalli va massivli (diabaz, bazalt va hokazo), ba’zilari esa shishasimon, g‘ovakli (pemza, obsidian, tuf, pemza va hokazo) bo‘ladi. Diabaz, bazaltlar mustahkam, nurashga chidamli bo‘lsa, pemza va tuflar mustahkamligi past va tez nuraydigan jinslardir. Effuziv jinslar tabiatda asosan gumbaz, qoplama va oqim shakllarida yotadi (2.3-rasm).
Magmatik jinslar asosan tog‘li hududlarda tarqalgan har xil tipdagi va shakldagi relyef turlarini hosil qiladi.
2.3-rasm. Effuziv magmatik tog‘ jinslarining yotish shakllari sxemasi: 1- qoplama; 2 – oqim; 3- gumbaz.
Erigan-qizigan magma vulqon krateri (kanali) va yoriqlari orqali yer yuzasiga otilib chiqib qotganda effuziv jinslar hosil bo‘ladi. Otilib chiqqan magma ma’lum sharoitda tarkibidagi gaz, suv bug‘lari va kislotalarni tez yo‘qotadi. Bunda u lava deb ataladi. Кo‘pincha ular oqim sifatida chiqib, yer relyefining shakliga qarab yoyiladi. Bazalt tarkibli lavaning juda ko‘p miqdorda otilib chiqib, keng maydonga tarqalishidan gumbazsimon hosilalar, granit tarkibli (yopishqoq) magmaning otilib chiqib qotishidan esa qoplamalar hosil bo‘ladi.
Effuziv tog‘ jinslari (diabaz, bazalt, va h.k.) tarqalgan hududlarda asosan baland, musbat shaklli relyeflar hosil bo‘lsa, g‘ovakli bo‘sh jinslar tarqalgan hududlarda past, manfiy relyeflar hosil bo‘ladi, ular denudatsion jarayonlar ta’sirida o‘ta murakkablashgan relyef shakllarini hosil qiladi.
Magmatik tog‘ jinslari tarqalgan hududlarda tektonik, strukturali va strukturaviy-denudatsion tipdagi relyeflar hosil bo‘lib, asosan musbat shaklli relyeflardan iborat bo‘ladi.
2.4. Cho‘kindi tog‘ jinslarining