Soliqlar va soliqqa tortish. Ulug'bek To'lakov

Soliqlar va soliqqa tortish - Ulug'bek To'lakov


Скачать книгу
Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi doirasida 2019 yil 1 yanvardan boshlab14:

      a) birinchidan, mehnatga haq to‘lash fondiga soliq yuki quyidagilar orqali kamaytirildi:

      barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona stavkasini 12 foiz miqdorida joriy etilib, shundan 0,1 foizi shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yo‘naltirila boshlandi. Bunda, fuqarolarning ayrim toifalari uchun eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdoridagi daromadlarini soliq solishdan ozod qilishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi. Shu bilan birga fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallari bekor qilindi.

      Soliq siyosatidagi o‘zgarishlarga ko‘ra, endi vaziyat tubdan o‘zgardi: soliq yuki keskin kamaytirilib, sodda, shaffof, muhimi, ish beruvchi uchun ham, ishlovchi uchun ham birdek adolatli stavka belgilandi.

      Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasining jahon bo‘yicha o‘rtacha darajasi 20 foizga teng. Daromad solig‘ining bunday soddalashtirilgan tartibi iqtisodiyoti rivojlanayotgan, keng qamrovli islohotlar olib borilayotgan bizning kabi davlatlar uchun yeng maqbul variantdir. Birgina misol, 2001 yili Rossiya soliq tizimining progressiv shkala tartibidan soddalashtirilgan daromad solig‘i tartibiga o‘tishi bir yildayoq katta muvaffaqiyat keltirdi va mehnat fondidan olinadigan soliq bazasini 50 foizga oshirdi.

      Shuningdek pensiya tizimining barqarorligini ta’minlash maqsadida, budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapital) da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, boshqa yuridik shaxsning ustav jamg‘armasi (kapital) ning 50 foizi va undan ko‘proq qismi tegishli bo‘lgan ustav jamg‘armasi (kapital) da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy to‘lov miqdori 25 foiz etib, qolgan yuridik shaxslar uchun 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirilgan stavkada belgilandi.

      Xususan, yagona ijtimoiy to‘lov stavkasining 12 foizgacha pasaytirilishi hamda yuridik shaxslarning aylanmasi (tushumi) dan davlat maqsadli jamg‘armalariga undiriladigan majburiy ajratmalarning bekor qilinishi korxonalar ixtiyorida qo‘shimcha mablag‘lar qolishi uchun shart-sharoit yaratdi.

      b) ikkinchidan, aylanmadan (yalpi tushumdan) soliqlarni optimallashtirish bilan umumbelgilangan va soddalashtirilgan soliqlar to‘lovchilarni soliqqa tortish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga o‘tish mezonlari quyidagilar orqali takomillashtirildi:

      davlat maqsadli jamg‘armalariga yuridik shaxslarning aylanmasidan (yalpi tushumidan) undiriladigan majburiy ajratmalar bekor qilindi.

      yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini 14 foizdan 12 foizgacha, tijorat banklari uchun 22 foizdan 20 foizgacha pasaytirish, shuningdek, mobil aloqa xizmati ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) uchun, rentabellik darajasidan kelib chiqib ular uchun qo‘shimcha foyda solig‘i hisoblash tartibini bekor qilgan holda 14 foizdan 20 foizgacha oshirildi;

      dividendlar va foizlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha to‘lov manbaidan ushlab qolinadigan foyda solig‘i stavkasini 10 foizdan 5 foizgacha pasaytirildi;

      barcha tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan, aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etildi;

      qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibini, shu jumladan, royalti to‘lashni joriy etish orqali takomillashtirildi;

      2018 yil 1 yanvardan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bilan birlashtirildi, 2019 yil yanvardan esa benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq bekor qilindi. Bunda benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq aksiz solig‘i ob’ektiga kiritildi.

      v) uchinchidan, soliq solishning soddalashtirilgan tartibi bo‘yicha soliq to‘lovchilarga soliq siyosatini takomillashtirishning salbiy ta’sirini kamaytirish choralari quyidagilar orqali amalga oshiriladi:

      yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini, bino va inshootlardan, shu jumladan, ilgari xususiylashtirilgan ob’ektlardan samarasiz foydalanayotgan yuridik shaxslar uchun yuqori stavkada soliq hisoblash tartibini saqlab qolgan holda 5 foizdan 2 foizga pasaytirildi;

      yagona yer solig‘i to‘lovchilari uchun amaldagi soliq solish tartibini saqlab qolindi.

      g) to‘rtinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) va aksiz solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi quyidagilar orqali takomillashtirildi:

      qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘liq hisobga olish tizimini joriy qilish, soliq solish bazasini aniqlashtirish va imtiyozlar sonini kamaytirish, shuningdek, 2019 yil yakuni bo‘yicha mazkur soliq stavkasi 15 foiz miqdordagi pasaytirildi.

      Soliq tizimini yanada takomillashtirish, iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirish va O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish maqsadida soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» belgilab olindi15.

      Strategiyaning asosiy yo‘nalishlari natijasida:

      soliq siyosatini takomillashtirish va iqtisodiyotda xufiyona aylanma darajasini qisqartirish. Soliq va soliq rejimlarini birxillashtirish, ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish, soliq yukini optimallashtirish (kamaytirish va baravarlashtirish) nazarda tutilmoqda. 2021 yilga kelib JShDS to‘lovchilar 1,5 baravar, QQS, resurs soliqlari va mol-mulk solig‘i to‘lovchilar esa 2 baravar ko‘paytiriladi.

      xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan soliq xizmatlarini rivojlantirish. Mazkur yo‘nalishga birlamchi hisob hujjatlarini raqamlashtirish va birxillashtirish, soliq hisobotlari shakllarini soddalashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning eksterritorial prinsipini va soliq nizolarini sudgacha hal qilish tizimini rivojlantirish kiritildi.

      soliq tavakkalchiliklarini baholash tizimini joriy qilish va soliq hisobini takomillashtirish. Xususan, soliq majburiyatini ixtiyoriy bajarish darajasini 90%ga yetkazish rejalashtirilmoqda.

      davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish. Soliq organlarida biznes-tahlil (Business Intellegence) tizimi, strategik va protsessual boshqaruv joriy etiladi. Soliq ma’muriyatchiligi jarayoni avtomatlashtiriladi.

      davlat soliq xizmati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini rivojlantirish. Bu nuqtai nazardan normativ-huquqiy baza, kadrlar siyosati qayta ko‘rib chiqiladi. Soliqchilar yanada ochiq-oshkora ish olib boradilar.

      Rejalashtirilgan tadbirlar amalga oshirilishi natijasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar sur’ati o‘sishiga, mamlakatning xalqaro reytinglardagi pozitsiyalarini yaxshilashga erishiladi. Soliqlarning iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari bo‘yicha YaIM, tushum, qo‘shilgan qiymatga nisbatan ulushi o‘zgaradi. Mahalliy va xorijiy investorlar o‘rtasidagi soliq imtiyozlari va preferensiyalar nomutanosibligi bartaraf etiladi. Asosiysi, soliq tekshiruvlari soni qisqaradi, nazorat tadbirlari natijasida qo‘shimcha hisoblangan soliqlar miqdori pasayadi.

      Soliqlarni boshqarishning elektron tizimi – bu har bir soliq to‘lovchining elektron kabineti bo‘lib, u yerda turli manbalardan kelgan elektron axborot jamlanadi. So‘ngra ushbu axborotga tegishli algoritm asosida ishlov berilib, to‘lovchiga doir tavakkalchilik tahlili uchun ma’lumotlar beriladi. Ular to‘lovchi muayyan soliqni to‘lamaganligi haqida xulosaga kelish imkonini bersa, uni taklif etib, ushbu ma’lumotlar bilan tanishtiradilar. Soliq to‘lovchi asossiz ravishda soliq to‘lashdan bosh tortsa, hujjatli tekshiruv tayinlanadi.

      Bugungi kunda Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi faoliyatini modernizatsiya


Скачать книгу

<p>14</p>

O«zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020—2021 yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi 4086-sonli qarori

<p>15</p>

O«zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 iyuldagi «Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4389-son qarori