Soliqlar va soliqqa tortish. Ulug'bek To'lakov
kiradi. Lekin oborot (aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo‘yicha ilgarigidek mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki yuklab yuborilgan mahsulotlar qiymati bilan o‘lchanadi. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq to‘lovi ham oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi.
Daromaddan olinadigan soliqlarga yuridik shaxslarning foydasiga solinadigan soliq, jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, ixtisoslashtirilgan ulgurji savdo korxonalarining yalpi daromadidan olinadigan soliq kiradi.
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i, qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarining yagona yer solig‘i hamda yuridik va jismoniy shaxslarning yer soliqlarini kiritish mumkin.
Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar egri (bilvosita), to‘g‘ri (bevosita) soliqlarga bo‘linadi. To‘g‘ri soliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq to‘lovchilarning o‘zi to‘laydi, ya’ni soliqning huquqiy to‘lovchisi ham, haqiqiy to‘lovchisi ham bitta shaxs bo‘ladi. Bu soliqlar tarkibiga barcha daromaddan to‘lanadigan soliqlar hamda mol-mulk va resurs soliqlari kiradi. Resurs soliglari tarkibiga yer solig‘i, yer qa’ridan foydalanganlik uchun va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar kiradi.
To‘g‘ri soliqlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromaddan soliq to‘langanligi uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko‘p qismini ularga qoldirib, investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini rivojlantiradi. Bu soliqlarning stavkalari oshirilsa, korxonalarning moliyaviy imkoniyatlari kamaya boradi. Demak, bu guruh tarkibiga kiruvchi soliqlarning stavkalari iqtisodiy rivojlanish bilan bevosita bog‘liqdir.
Egri soliqlarning huquqiy to‘lovchilari mahsulot (ish, xizmat) ni yuklab yuboruvchilar hisoblanadi. Lekin, soliq og‘irligi haqiqatan ham tovar (ish, xizmat) ni iste’mol qiluvchilar, ya’ni bevosita iste’molchilar zimmasiga tushadi. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) qiymati ustiga qo‘shimcha ravishda qo‘yiladi.
Egri soliqlarning ijobiy tomoni shundaki, ular respublikada ishlab chiqarilgan tovarlar respublikadan tashqariga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlarning serob bo‘lishiga yordam beradi hamda inflyatsiya darajasini (muomaladagi ortiqcha pul massasini) birmuncha jilovlab turadi.
Egri soliqlar tarkibiga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i kiradi.
Shunki qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i iqtisodiy kon’yukturaning o‘zgarishlariga bevosita bog‘liq bo‘lmagan barqaror daromad manbalari hisoblanadi va egri soliqlar bo‘yicha tushumlarning asosiy qismini tashkil etadi.
O«zbekiston Respublikasi davlat budjeti ijtimoiy xarajatlari o‘sish tendensiyasiga ega ekanligi davlat budjeti daromadlari hajmini uzluksiz oshirib borishni taqozo qiladi. Bu esa qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i kabi barqaror daromad manbalarini, budjet daromadlarini uzluksiz ta’minlashni taqozo qiladi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, to‘g‘ri va egri soliqlar yagona soliq tizimini tashkil etib, bir-biri bilan o‘zaro bog‘langandir. Yevropa mamlakatlarida egri soliqlarning roli AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyaga qaraganda yuqoridir. Yevropa mamlakatlarida jami soliq tushumlarining hajmida egri soliqlarning salmog‘i 40 foizdan yuqori bo‘lib, ayrim mamlakatlarda 50 foizni tashkil etadi. Mazkur ko‘rsatkich 50 foizdan yuqori bo‘lgan mamlakatlar guruhiga Meksika, Turkiya va Koreya kiradi. AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyada esa ushbu ko‘rsatkich 25—30 foizni tashkil qiladi.18
Budjetga tushishiga qarab soliqlar umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘linadi.
Umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
– yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
– jismoniy shaxslardan olimadigan daromad solig‘i;
– qo‘shilgan qiymat solig‘i;
– aksiz solig‘i;
– yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
avtotransport yig‘imlari;
Umumdavlat soliqlari har yili O‘zbekiston Republikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonuni asosida belgilangan normativlar bo‘yicha tegishli mahalliy budjetlar o‘rtasida taqsimlanadi.
2020 yil uchun quyidagi soliq turlari tumanlar va shaharlar budjetlariga to‘liq o‘tkaziladi:
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;
jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan yillik daromadlari bo‘yicha deklaratsiyaga asosan to‘lanadigan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘i;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan soliq mustasno;
qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, bundan sement xom ashyosi va sement ishlab chiqarishda foydalaniladigan ohaktosh mustasno.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetiga, viloyatlar viloyat budjetlariga va Toshkent shahri shahar budjetiga quyidagilar to‘liq o‘tkaziladi:
yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;
yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
yakuniy iste’molchilarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i;
aylanmadan soliq;
qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda davlat bojlari (patent boji va litsenziya berganlik uchun davlat bojlaridan tashqari);
qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladigan jarimalar;
ayrim tovarlarning chakana savdosiga beriladigan huquq uchun undiriladigan yig‘imlar;
qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladigan boshqa yig‘imlar (bojxona yig‘imlaridan tashqari);
avtotransport vositalarini xarid qilganlik uchun ularni ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish chog‘ida avtotransport egalari (foydalanuvchilari) tomonidan to‘lanadigan yig‘imlar;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulk, mahalliy davlat hokimiyati organlarining aktivlari bo‘yicha ajratmalar va dividendlar;
qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda davlat aktivlarini ijaraga berish va xususiylashtirishdan tushadigan daromadlar;
mobil aloqa xizmati va alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo uchun aksiz solig‘idan tushumlar tegishli ravishda 2019 yil 1 iyul holatiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri aholisining respublika aholisidagi ulushiga muvofiq.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetiga, viloyatlar viloyat budjetlariga va Toshkent shahri shahar budjetiga quyidagi ulushlarda:
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan tushumlarning (jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan yillik daromadlari bo‘yicha deklaratsiyaga asosan to‘lanadigan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘idan tashqari) Navoiy viloyatida 70 foiz, Toshkent viloyatida 34 foiz, Toshkent shahrida 5 foiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda 100 foiz;
foyda solig‘idan tushumlarning (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq yirik soliq to‘lovchilar, O‘zbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek norezidentlarning to‘lov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan to‘lanadigan foyda solig‘idan tashqari) Toshkent viloyatida 34 foiz, Toshkent
18
Panskov V.P., Knyazev V.G. Nalogi i nalogooblojeniye. -M.:MTSFER, 2003. -s.57—59.